Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sog‘liqni saqlash vazirligi xususiy klinikada operatsiya qilinib, ahvoli og‘irlashgan qizaloq haqida ma'lumot berdi
Bugun, 13 avgust kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar Agentligida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi mutasaddilari ishtirokida brifing va jurnalistlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda ishtirok etgan Kun.uz muxbirining “Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan, “Eramed” klinikasida jarrohlik amaliyotini o‘tkazgandan so‘ng ahvoli og‘irlashgan qiz bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligi qanday ma'lumot bera oladi?” – degan savoliga vazirlik boshqarma boshlig‘i Farhod Rahimqulov shunday javob berdi:
– Surxondaryolik qizaloq masalasiga kelsak, albatta bu holat vazirlik e'tiboridan chetda qolgani yo‘q. Bugun maxsus ishchi guruh Surxondaryoga yo‘l olgan, bu masalani o‘rganmoqda, yaqin kunlar ichida vazirlik nomidan to‘liq rasmiy ma'lumot beriladi.
Ijtimoiy tarmoqda berilgan lavhaga kelsak, unda bemorning hozirgi ahvoli ko‘rsatilgan. Qizaloqning operatsiyaga qadar holati deyarli yoritilmagan. Holbuki, bolada tug‘ma yurak nuqsoni kasalligining og‘ir formasi bo‘lgan, kasallik oqibatida bolada jiddiy kislorod yetishmovchiligi kuzatilgan, bu esa boshqa kasalliklarning avj olishiga ham sabab bo‘lgan. Bemor bir necha marta viloyat va respublika darajasidagi tibbiyot muassasalarida tibbiy-ko‘rikdan o‘tgan va nazoratda bo‘lgan.
“Eramed” xususiy tibbiyot muassasasida Sh.Mengqobilova bir oydan ortiq davolangan. Bu yerda zarur tekshiruvlar amalga oshirilganidan so‘ng, ota-onasining roziligi bilan jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan.
Tashkil etilgan ishchi guruhiga xususiy tibbiyot muassasasida yuritilgan tibbiy hujjatlar ham taqdim etildi. Tez orada mutaxassislarning bemor Sh.Mengqobilova bilan bog‘liq yakuniy xulosalari vazirlik tomonidan rasmiy e'lon qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, ijtimoiy tarmoqlarda 3 yoshli qizini quchib yig‘lagan ona farzandining xususiy klinikada operatsiya natijasida nogiron bo‘lib qolgani va hayoti qil ustida turgani haqidagi lavha tarqalgan hamda keng muhokamalarga sabab bo‘lgandi.
Mavzuga oid
18:34 / 01.08.2023
Koreya banki O‘zbekistonni tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash loyihasiga 74 mln dollar ajratadi
09:27 / 31.07.2023
Toshkent tibbiyot akademiyasining Chirchiq filiali tashkil etiladi
09:50 / 21.07.2023
AQSh kompaniyasi O‘zbekiston tibbiyot sohasiga sarmoya kiritishni rejalashtiryapti
09:08 / 10.07.2023