O‘zbekiston | 14:04 / 14.08.2019
11052
1 daqiqa o‘qiladi

15 avgustdan «Toshkent-Chimboy» yo‘nalishida muntazam avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Foto: Transport vazirligi axborot xizmati

Joriy yilning 15 avgust kunidan e'tiboran “Uzautotrans service” MChJ tomonidan "Toshkent-Chimboy" yo‘nalishida muntazam avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi. 

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, avtobuslar Nukus shahri orqali harakatlanadi. Toshkent avtovokzalidan avtobus soat 08:00da jo‘nab ketadi. Chimboydan esa 08:20da Toshkent tomon yo‘lga chiqiladi. 

Mazkur yo‘nalish masofasi 1216,3 km.ni tashkil etadi. Chipta narxi esa 124 000 so‘m etib belgilangan. Nukus shahrigacha esa 118 000 so‘mni tashkil etadi. Chiptalarni Toshkent avtovokzali kassalaridan sotib olish mumkin. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid