Yodju texnika institutiga Janubiy Koreya parlamenti a'zolari tashrif buyurdi
Toshkent shahridagi Yodju texnika institutiga Koreya Respublikasi parlamenti vakillari tashrif buyurdi. Delegatsiya a'zolari institutda tashkil etilgan Koreya madaniyat markazi, Qirol Sejong va Mirzo Ulug‘bek innovatsion tadqiqotlar Markazi, Toshkent shahridagi Yodju texnika instituti hamda Koreya Respublikasi Milliy Kutubxona Assambleyasi (The National Assembly Library, Republic of Korea) bilan o‘zaro anglashuv va hamkorlik Memorandumi asosida tashkil etilgan maxsus elektron kutubxona faoliyati bilan tanishdilar. Bu haqda Institut Axborot xizmati Kun.uz’ga ma'lum qildi.
2019 yil 14 avgust kuni Toshkent shahridagi Yodju texnika institutiga Koreya Respublikasi Demokratik partiyasi Xotin-qizlar Qo‘mitasi vakillarining Bek Xe-ryon xonim boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Delegatsiyaga Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi janob Kan Chje Kvon hamrohlik qildi. Mehmonlarni Institut rahbariyati, professor-o‘qituvchilar va talabalar samimiy kutib olishdi.
Shuni alohida qayd etish kerakki, mazkur elektron kutubxonada endilikda Institut talabalari O‘zbekistonda ta'lim olish bilan bir vaqtda, Koreya Respublikasi Milliy Kutubxona Assambileyasida mavjud bo‘lgan 650 mingga yaqin ingliz tilidagi, 300 ming ziyod yapon tilidagi va 200 mingdan ortiq boshqa chet tillardagi hamda 3 milliondan ortiq koreys tilidagi kutubxona fondidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Shuningdek, tashrif davomida Delegatsiya a'zolari va Institut professor-o‘qituvchilari bilan kengaytirilgan tartibda maxsus uchrashuv tashkil etildi. Mazkur uchrashuvda Davlatlar o‘rtasidagi ikki tomonlama keng ko‘lamli ijtimoiy-iqtisodiy hamkorlik, gumanitar homiylik va texnik-texnologik rivojlanish borasidagi manfaatli hamkorlikni bundan-da taraqqiy etishiga hamda madaniy sohadagi yaqinlikni yanada rivojlanishi borasidagi ko‘plab masalalar bo‘yicha o‘zaro fikr almashishdi.
Delegatsiya a'zolari uchun Institut rahbariyati nomidan maxsus tushlik dasturxoni tashkil etildi hamda mehmonlarga o‘zbek milliy taomlari tortiq etildi. Tashrif yakunida Koreya Respublikasi Demokratik partiyasi Xotin-qizlar Qo‘mitasi raisasi Bek Xe-ryon xonim hamda Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi janob Kan Chje Kvon Institutning rasmiy mehmonlari uchun kitobiga o‘z fikrlari va istaklarini bayon etib imzo ko‘ydilar.
Mavzuga oid
18:38 / 13.11.2024
“Sharoitidan ham, o‘qituvchilaridan ham qo‘rqib ketdim” - Toshkentdagi o‘quv markazidan odamlar norozi
15:05 / 12.11.2024
Toshkent havosini ifloslantirishi mumkin bo‘lgan barcha obektlar nazoratga olindi - hokimlik
22:45 / 10.11.2024
Toshkentda «zakladchik»ni kaltaklagan uch nafar shaxs qo‘lga olindi
17:26 / 08.11.2024