Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistoni, Isroil, Bangladesh va Bahrayn ShHTga kirish istagini bildirdi
Saudiya Arabistoni, Isroil, Bangladesh va Bahrayn Shanhay hamkorlik tashkilotiga (ShHT) u yoki bu ko‘rinishda kirishga ariza topshirdi. Bu haqda 14 avgustda jurnalistlarga Rossiya prezidentining ShHT ishlari bo‘yicha maxsus vakili, Rossiya tashqi ishlar vazirligining alohida topshiriqlar bo‘yicha elchisi Bahtiyor Hakimov xabar qilgan.
“Bugun bizda Isroil, Bangladesh, Bahrayn, Saudiya Arabistoni va u yoki bu darajada hamda u yoki bu ko‘rinishda ShHT faoliyatiga qo‘shilishni istayotgan boshqa ko‘plab davlatlardan arizalar bor”, deb aytgan Hakimov.
ShHT 2001 yilda O‘zbekiston, Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston, Tojikiston va Qirg‘iziston yetakchilari tomonidan tashkil etilgan. Bu tashkilot Yevrosiyo qit'asidagi davlatlar o‘rtasida hamkorlikni chuqurlashtirish maqsadida tashkil etilgan.
ShHTga yaqinda Hindiston va Pokiston qabul qilingandi. Unda Mo‘g‘uliston, Belarus, Eron va Afg‘oniston kuzatuvchi davlatlar, Turkiya, Ozarboyjon, Armaniston, Kamboja, Nepal, Shri-Lanka “muloqot bo‘yicha sheriklar” hisoblanadi.
Mavzuga oid
13:59 / 28.05.2025
Germaniya rasmiylari Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
07:52 / 28.05.2025
Saudiya Arabistonida Qurbon hayiti 6 iyun kuni nishonlanadi
11:33 / 27.05.2025
Uitkoff: Hamas Isroil bilan sulh bo‘yicha kelishuvni rad etdi
20:40 / 26.05.2025