Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston delegatsiyasi yashil iqlim fondini dasturlashtirish bo‘yicha global konferensiyada ishtirok etadi
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne'matov boshchiligidagi delegatsiya Songdo shahrida (Koreya Respublikasi) Yashil iqlim fondini dasturlashtirish bo‘yicha global konferensiyada ishtirok etadi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar qildi.
Xabarga ko‘ra, konferensiya 19 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.
Konferensiya ishida ishtirok etish doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi Yashil taraqqiyot global instituti va Yashil iqlim fondi bilan hamkorlikni yanada kengaytirish masalalarini muhokama qilish uchun ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasining Koreya Respublikasiga tashrif dasturi doirasida Yashil o‘sish global instituti prezidenti Pan Gi Mun bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tgandi. Unda ekologiya va iqlim masalalari bo‘yicha O‘zbekiston va Koreya hamkorligini muvofiqlashtirish, O‘zbekiston prezidentining Orol dengizi bilan bog‘liq dolzarb muammolarni hal etishga qaratilgan tashabbuslarini targ‘ib qilishni davom ettirish imkoniyatlari muhokama etilgandi.
Mavzuga oid
17:47 / 08.01.2025
2024 yil kuzatuvlar tarixidagi eng issiq yil bo‘ldi - tadqiqot
23:00 / 08.10.2024
Putin o‘zbekistonlik diplomat Ilhom Ne’matovni orden bilan taqdirladi
19:58 / 27.05.2024
El-Ninyo iqlim hodisasi yakunlandi, ammo oqibatlari davom etmoqda
21:34 / 09.01.2024