Xashaklar ortida nima yashirilgan edi?

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati
Bojxona to‘lovlarini to‘lashdan bo‘yin tovlab, noqonuniy yo‘llar bilan maishiy texnika buyumlarini mamlakatimizga olib kirishga urinayotgan shaxslarning faoliyatiga o‘z vaqtida chek qo‘yilmoqda.
Xususan, Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro O.R. boshqaruvidagi “Changan” rusumli yuk avtotransporti to‘xtatilib, belgilangan tartibda ko‘zdan kechirildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda
Natijada, ushbu shaxs avtotransport yukxonasida tegishli hujjatlari bo‘lmagan umumiy qiymati 15 million so‘mlik 6 dona “Avangard” nomli muzlatgichlarini xashaklar ortiga yashirib olib ketayotganligi aniqlandi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid

21:27 / 23.05.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston 4 ta chegara postida yuk avtomobillari harakatini yo‘lga qo‘ymoqchi

22:43 / 20.05.2025
DXX Qozog‘istondan olib kirilgan 1 mln dollarlik sintetik giyohvandlik vositalarini aniqladi

09:10 / 07.05.2025
Chegarada fuqaro tanasidan 1,3 mlrd so‘mlik oltin quymalar aniqlandi

22:43 / 23.04.2025