Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorazmda yuz bergan yong‘in oqibatida yetti yoshli qiz halok bo‘ldi
2019 yilning 19 avgust kuni soat 15:49da Xorazm viloyati Urganch tumani G‘oybu qishlog‘i Zomin ko‘chasidagi 48-uyda yong‘in bo‘layotganligi haqida yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.
O‘zbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi ma'lumotida aytilishicha, voqea joyiga zudlikda 3ta yong‘in o‘chirish bo‘linmalari jalb etilgan. Bo‘linmalar chaqirilgan manzilga soat 15:54da yetib borib, soat 15:57da yong‘in qurshab olingan va soat 16:10da to‘liq bartaraf etilgan hamda yong‘in qo‘shni uylarga o‘tib ketishi oldi olingan.
Yong‘in oqibatida uyning 25 kv. metr maydonda hojatxona va molxona tom bostirmasi hamda xashaklari yongan. Yong‘inning boshlang‘ich davrida uy egasining 2012 y.t. nabirasi (qiz bola) kuyish tan jarohati olib, shifoxonaga olib ketilayotgan vaqtda vafot etgan.
Yong‘in sababi aniqlanmoqda.
Mavzuga oid
19:26 / 26.05.2025
Andijonda tanishlari orqali 100 ming dollar kredit olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi
20:09 / 25.05.2025
Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in chiqdi
08:10 / 24.05.2025
Toshkentda Nissan avtomobili yonib ketdi
19:54 / 23.05.2025