Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IIBB: Soxta xodim jinoyat ustida qo‘lga olindi
2019 yilning 17 iyul kuni Chilonzor tumanida joylashgan oliy ta'lim muassasalarining birining talabasi hisoblangan 25 yoshli B.O. 29 yoshli S.A.ga o‘zini “jinoyat qidiruv xodimi” deb tanishtirgan.
IIBB xabariga ko‘ra, shundan so‘ng, u fuqaroni o‘g‘irlangan buyumlarni sotib olganlikda ayblab, sodir etgan jinoyati uchun ko‘z yumishini va jinoiy javobgarlikka tortmasligi uchun 100 AQSh dollarini so‘ragan. B.O. Chilonzor tumani Muqimiy ko‘chasida talab qilingan pulni olish vaqtida qo‘lga olindi.
Ushbu fakt bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (“Firibgarlik”) bilan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Mavzuga oid
08:42 / 26.05.2025
Yer maydonlarini sotish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi
08:37 / 26.05.2025
Ichki ishlar organlariga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
21:32 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
07:40 / 21.05.2025