Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Myanmada rohingya musulmonlari qaytishi uchun zarur sharoitlar yaratilmagani ma'lum qilindi
Rohingya musulmonlari Yevropa kengashi (ERC) rakhaynlik qochqinlarning Myanmaga ular uchun barcha zarur sharoitlar ta'minlanmasidan qaytishidan xavotir bildirdi.
ERC xabarida aytilishicha, Myanma hukumati zo‘ravonliklardan qo‘shni Bangladeshga qochgan millionga yaqin rakhaynlik qochqinlarning qaytishi bo‘yicha shaffof rejani taqdim qilmagan.
Ta'kidlanishicha, Myanma hukumati zarur sharoitlar yaratmasdan faqatgina 3500 qochqinga vataniga qaytishga ruxsat bergan.
Myanmada hamon rakhaynlik musulmonlar huquq va erkinliklari cheklanmoqda. Bunday sharoitda ularning Rakhaynga qaytishi ilojsizdir. Xabarda ta'kidlanishicha, yuzlab rohingya musulmonlari Bangladesh hududidagi qochqinlar lagerlarida qolmoqda.
Shu sababi kengash Bangladeshni, BMTning qochqinlar ishlari bo‘yicha oliy komissarini va boshqa tomonlarni musulmonlarning Myanmaga xavfsiz va adolatli qaytishini ta'minlashga chaqirdi.
Shuningdek, kengash rohingya musulmonlarini birlashishga va Myanma hukumatining yolg‘on va'dalariga ishonmaslikka chaqirgan.
1970-yillardan beri rohingya musulmonlari Myanmada etnik tozalashlar va muntazam tahqirlashlarga uchrab keladi. Myanma musulmonlarining 80 foizi – 2 mlnga yaqin kishi qo‘shni davlatlarda boshpana topishga majbur bo‘lgan.
Ayni vaqtda Myanmada 300 mingga yaqin musulmon qolgan bo‘lib, ulardan aksariyati Bangladeshda yashirinishga harakat qilib keladi.
Mavzuga oid
18:09 / 07.04.2025
Myanmadagi vayronkor zilzila sabablari aytildi
23:38 / 29.03.2025
Shavkat Mirziyoyev Myanmadagi halokatli zilzila yuzasidan hamdardlik bildirdi
16:15 / 29.03.2025
Myanma va Tailanddagi zilziladan jabrlanganlar orasida o‘zbekistonliklar yo‘q - konsulxona
22:18 / 07.03.2023