O‘zbekiston | 00:46 / 22.08.2019
184979
2 daqiqa o‘qiladi

Bugun test sinovlari natijalari e'lon qilinishi kutilmoqda

Bugun Davlat test markazi tomonidan bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha topshirilgan test sinovlari natijalari e'lon qilinishi kutilmoqda.

Bu haqda 21 avgust kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Davlat test markazi mutasaddilari ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma'lum qilingan.

Xususan, DTM bosh boshqarma boshlig‘i Barno Rajabov jurnalistlar tomonidan joriy yilgi mandat natijalari kechikayotgani borasidagi savolga quyidagi mazmunda javob qaytargan:

«Test sinovlari 15 avgustda yakunlandi va qonunchilikka muvofiq, mandat test jarayonlari tugaganidan so‘ng 1 hafta ichida e'lon qilinishi lozim. Mandat natijalari bugun kechqurun yoki ertaga kunduzi e'lon qilinadi».

Foto: Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi matbuot xizmati

Davlat test markazi rasmiysi shuningdek, mandat test jarayonlari yakunlanganidan so‘ng bir hafta ichida e'lon qilinishini joriy yilda har bir abituriyent bir paytda uchta oliy o‘quv yurtiga hujjat topshirishi ilk marta yo‘lga qo‘yilgani bilan izohlagan.

Mavzuga oid