To‘rtko‘lda mudhish YTH: ikki nafar qiz halok bo‘ldi
2019 yil 21 avgust soat 03:30larda Xorazm viloyati Yangiariq tumanida yashovchi 24 yoshli F.K. o‘zining boshqaruvidagi “Cobalt” rusumli avtomashinasini Qoraqalpog‘iston Respublikasining To‘rtko‘l tuman hududidan o‘tuvchi “G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beynau” yo‘lida haydab ketayotib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, qarshisidan harakatlanib kelayotgan 40 yoshli A.B. boshqaruvidagi “Nexia” rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada “Cobalt” avtomashinasi haydovchisi F.K., yo‘lovchisi, Xorazm viloyatida yashagan 20 yoshli S.N. ismli ayol, “Nexia” avtomashinasi yo‘lovchilari, Xorazm viloyatida yashagan, 18 yoshli M.Q. ismli qiz va Xorazm viloyatida yashovchi 27 yoshli M.M.lar turli darajadagi tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan.
Ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay S.N. va M.Q.lar shu yerda vafot etganlar. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
10:10 / 01.11.2024
Ikki hududda elektrdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi
16:23 / 29.07.2024
Volgograd oblastida yo‘lovchi poyezd yuk mashina bilan to‘qnashdi
15:50 / 27.07.2024
AQShda 38 yashar o‘zbekistonlik trakchi YTH tufayli vafot etdi
13:07 / 27.07.2024