Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida Quyi Chotqol GES qurilishi boshlandi

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida Quyi Chotqol GES poydevoriga birinchi g‘isht qo‘yildi.
Inshoot 60 oy davomida, ya'ni 2019—2023 yillarda qurilib, ekspluatatsiyaga topshirilishi rejalashtirilgan. Hisob-kitoblarga qaraganda, yangi GES 100 mingga yaqin uy xo‘jaligini elektr energiyasi bilan ta'minlashga xizmat qiladi.
GESda har biri 19 MVt bo‘lgan 4ta gidroagregat o‘rnatish mo‘ljallangan. Inshootning o‘rnatilgan quvvati 76 MVt bo‘lib, yillik o‘rtacha elektr energiya ishlab chiqarish hajmi 282 million kilovatt-soatga teng. Uning asosiy asbob-uskunalari normativ muddatlarga ko‘ra 40 yilgacha xizmat qilishi mumkin, amalda esa ular 80 yilgacha ham ishlaydi.
Shuningdek, GESning to‘liq ishga tushirilishi 91,28 million kubometrgacha tabiiy gazni iqtisod qilish imkoniyatini beradi. Inshoot gidrologik rejimga ta'sir qilmaydi, gidrobiologik obektlarga zarar yetmaydi va atrof-muhitga salbiy ta'sir ko‘rsatmaydi.
Ushbu GES qurilishi va ishga tushirilishiga sarflangan xarajatlar investitsion davrni hisobga olmaganda, 6 yil 2 oyda qoplanishi kutilmoqda.
Mavzuga oid

17:08 / 06.12.2024
Prezident Bo‘stonliqda turistik majmua qurilishi va GES faoliyati bilan tanishdi

14:16 / 06.12.2024
Shavkat Mirziyoyev Bo‘stonliqda bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi

18:10 / 04.11.2024
Bo‘stonliqda tog‘ echkisini ovlagan brakoner ushlandi

18:27 / 09.09.2024