Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Noqonuniy olib o‘tilayotgan sovuq qurollar to‘xtatib qolindi
Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi “Sariosiyo” chegara bojxona posti Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish guruhi tomonidan navbatdagi qonunbuzilish holatiga chek qo‘yildi.
Qo‘shni mamlakatdan yurtimizga piyoda kirib kelgan fuqaro R.N. o‘zi bilan olib kelgan qo‘l yuklarida taqiqlangan va deklaratsiyalanadigan tovarlar yo‘qligini ma'lum qilgan bo‘lsa-da, biroq bojxona nazorati jarayonida bu narsa tamoman aksi bo‘lib chiqdi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda
Ushbu shaxsning sumkasi ichida hech qanday hujjatlari bo‘lmagan jami 115 dona pichoqlar va kastetlar borligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
08:40 / 28.05.2025
Chegaradan qariyb 40 kg zargarlik buyumlari noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘yildi
21:27 / 23.05.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston 4 ta chegara postida yuk avtomobillari harakatini yo‘lga qo‘ymoqchi
22:43 / 20.05.2025
DXX Qozog‘istondan olib kirilgan 1 mln dollarlik sintetik giyohvandlik vositalarini aniqladi
09:10 / 07.05.2025