Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Temurbeklar maktabi» bo‘yicha kompleks dastur tasdiqlanadi
Vazirlar Mahkamasining “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylarining infratuzilmasi, o‘quv va moddiy-texnik bazasini takomillashtirish bo‘yicha Kompleks dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokama uchun e'lon qilindi.
“Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylarining infratuzilmasi, o‘quv va moddiy-texnik bazasini takomillashtirish bo‘yicha Kompleks dasturi tasdiqlandi.
Kompleks dasturda nazarda tutilgan tadbirlarning to‘liq, o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta'minlash yuzasidan mas'uliyat tegishli vazirlik va idoralar hamda harbiy-ma'muriy sektorlar rahbarlari zimmasiga yuklanadi.
Belgilanishicha, qarorda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari mahalliy budjetlari mablag‘lari, xorijiy kreditlar va grantlar, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati va Milliy gvardiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan hamkorlikda “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylarining o‘quv va moddiy-texnik bazasini doimiy ravishda takomillashtirib borilishini ta'minlaydi.
Mavzuga oid
18:20 / 21.07.2024
Temurbeklar maktabi bitiruvchilari uchun alohida qo‘shimcha kvota ajratiladi
11:26 / 31.10.2023
“Temurbeklar maktabi”ga ayollar ham qabul qilinadi
15:01 / 21.09.2023
Maksimal ball to‘plab kontraktga kirgan talabalar grantga o‘tkaziladi
17:14 / 23.08.2023