Qirg‘izistonda siyosiy muxolifatchi Tekebayev uy qamog‘iga o‘tkazildi
Bishkekning Pervomayskiy rayon sudi korrupsiya va poraxo‘rlikda ayblanib 8 yilga ozodlikdan mahrum etilgan siyosiy muxolifatchi Omurbek Tekebayevni uy qamog‘iga o‘tkazish to‘g‘risida hukm chiqardi.
Qirg‘izistonning eng taniqli siyosatchilaridan biri, "Ata Meken" muxolif partiyasi yetakchi Tekebayev 2017 yilda Venadagi YeXHT parlament assambleyasi sessiyasidan qaytib kelgan chog‘ida Bishkek aeroportida qo‘lga olingandi.
U bilan bir vaqtda respublikaning sobiq elchisi Duyshonkul Chotonov ham hibsga olingandi. Siyosatchilar korrupsiyada ayblangan va har ikkisi 8 yildan ozodlikdan mahrum etilgandi.
Qirg‘iziston oliy sudi 21 avgust kuni Tekebayev va Chotonov ishlarini qayta ko‘rish uchun yuborgandi.
Mavzuga oid
13:51 / 23.11.2024
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekistonda sezildi
21:37 / 20.11.2024
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘li bo‘yicha muzokaralar yakuniy bosqichda – OAV
20:34 / 20.11.2024
Qirg‘iziston o‘z fuqarolariga Ukrainani tark etishni tavsiya qildi
18:39 / 20.11.2024