Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand 20 yilda «millioner» shaharga aylanadi - uning bosh rejasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi
Ayni kunlarda Samarqand shahri aholisi 529 ming kishini tashkil etadi. 11 198 gektar yer maydoniga ega bo‘lgan shahar yirik iqtisodiy, ma'muriy, siyosiy, ilmiy, ta'lim va madaniy markaz hisoblanadi. 2040 yilga borib Samarqand aholisi soni 1 millionga, shahar hududi esa 30 000 gektarga kengaytirilishi kutilmoqda.
Samarqandda xoh ishlab chiqaruvchi bo‘lsin, xoh xizmat ko‘rsatuvchi, xoh uy-joy bo‘lsin bino qurilishida Samarqand shahrining hali-hamon bosh reja yo‘qligidan aziyat chekkan holatlar juda ko‘p. Aslida ayrim tayyor binolarning buzilishi ham, qurilishga ruxsat beruvchi ko‘plab hujjatlarning protest yoki sud ajrimi bilan bekor qilinishi kabi muammoli holatlarning bir uchi ham ana shu – bosh reja yo‘qligiga borib taqalardi. Aynan shu hujjatning yo‘qligi bois yirikroq loyihaga qo‘l urishga ikkilanib turgan tadbirkorlar qancha.
Nihoyat shaharning bosh rejasi tayyor holatga kelib, jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi. Bu haqda Samarqand viloyat Qurilish Bosh boshqarmasi axborot xizmati Kun.uz’ga ma'lum qilmoqda.

Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 5 yanvardagi qarori asosida Qurilish vazirligi tomonidan tasdiqlangan manzilli dasturga muvofiq «ToshkentboshplanLITI» davlat unitar korxonasi tomonidan 2017-2019 yillarda Samarqand shahrining 2040 yilgacha mo‘ljallangan bosh rejasini va markaziy qismini batafsil rejalashtirish loyihasini ishlab chiqish belgilangan edi.
Shuningdek, bosh reja va batafsil rejalashtirish loyihasini ishlab chiqishda Xitoyning «China Construction Engineering Design Group Corp. Ltd» kompaniyasi mutaxassislari ham ishtirok etdi. Dasturda loyiha dastlab «ToshkentboshplanLITI» davlat unitar korxonasi hamda Samarqand viloyati va shahridagi tegishli mutaxassislar, jamoatchilik vakillari bilan muhokama qilinib, keyingi bosqichda respublika arxitektura-shaharsozlik kengashida ko‘rib chiqilishi, shundan so‘ng Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanishi belgilangan.
Shu yilning iyul va avgust oylarida viloyat va shahar hokimliklari, tashkilotlar mas'ullari ishtirokida muhokama qilingan bosh reja loyihasi keng jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi. Ayni vaqtda ham jamoatchilik muhokamasi davom etmoqda.
Samarqandning noyobligi va uning jahon madaniyatidagi ulkan tarixiy va madaniy ahamiyati, uning rivojlanishida asosiy omil hisoblanadi. Yangi Bosh rejaning vazifasiga shahardagi tabiiy sharoitlarni, yodgorliklar va ularning atrofini, mahallalarni, infratuzilmalarni va Islom madaniyatini va uning ma'naviy merosini asrab kelayotgan samarqandliklarning hayot tarzini saqlab qolish kabi vazifalar qo‘yilgan.
2001 yilda bo‘lib o‘tgan Jahon merosi qo‘mitasining 25-sessiyasida Samarqandning tarixiy markazi «Samarqand — madaniyatlar chorrahasi» nominatsiyasida YuNeSKOning Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan.
Jahon merosining muhofazasi tarixiy hududlar va qurilish hududlarining chegaralarini o‘rnatish bilan amalga oshiriladi. Jahon merosi ro‘yxatiga butun Afrosiyobning arxeologik shahri, eski, ya'ni Temuriylar shahri va Markaziy Osiyoning Rossiyaga qo‘shilish davriga oid shaharning Yevropa qismi kirgan. Qurilish boshqaruvi mobaynida tarixiy hududlarda zamonaviy qurilishlar nazorat ostiga olinishi, xususan, shaharning tarixiy qismlari qiyofasi saqlab qolinishi qattiq nazorat qilinishi ko‘zda tutilgan.
Mavzuga oid
23:09 / 23.05.2025
Samarqandda mashinasida sher bolasini olib yurgan shaxs aniqlandi
21:06 / 22.05.2025
Samarqand shahriga yangi prokuror tayinlandi
18:43 / 16.05.2025
Samarqandda maktab o‘quvchilarining janjali ulardan birining o‘limi bilan tugadi
12:02 / 11.05.2025