Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina va Rossiya asirlarni almashishni boshladi
Ukrainaning yangi bosh prokurori Ruslan Ryaboshapka 30 avgust tunida Ukraina va Rossiya o‘rtasida asirlar almashish boshlanganini ma'lum qildi.
“Almashish yakunlandi: dengizchilar, Sensov, Karpyuk, Balux, Grib uyga qaytmoqdalar! Kutamiz!”, deyilgan Ryaboshapkaning feysbukdagi sahifasida.
Ukrainaga Kerch bo‘g‘ozida qo‘lga olingan dengizchilar, 2014 yilda teraktlarni tayyorlashda ayblanib qo‘lga olingan ukrainalik rejissyor Oleg Sensov, Belarus hududida ushlangan 21 yoshli Pavel Grib, 2016 yil dekabrda Rossiyaning Federal xavfsizlik xizmati tomonidan ushlangan Vladimir Balux, 2014 yil martida qo‘lga olingan Nikolay Karpyuk qaytmoqda.
Ayni vaqtda Rossiya tomoni bu ma'lumotni tasdiqlamagan.
Ma'lum qilinishicha, mahkumlarni Kiyevdagi Julyana aeroportida shaxsan Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy kutib oladi.
Rossiya va Ukraina prezidentlari Vladimir Putin va Vladimir Zelenskiy o‘rtasida 12 iyulda o‘tgan ilk telefon muloqotida Donbassdagi vaziyat, asirlar almashish, normand formatidagi muzokaralar muhokama qilingandi.
Iyul o‘rtalarida Ukraina va Rossiyaning inson huquqlari bo‘yicha vakillari Rossiya va Ukrainada ushlab turilgan mahkumlar ro‘yxatlari bilan o‘zaro almashishgan. Ukraina ro‘yxatida Rossiya tomonidan 150, Rossiya ro‘yxatida Ukraina tomonidan 34 mahkum ushlab turilgani qayd qilingan.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025