Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda “Sogdiana” art-markazi ish boshladi
Toshkent shahrining Uchtepa tumanida “Sogdiana” zamonaviy art-markazi ish boshladi. Mazkur markaz o‘zbek milliy hamda xorijiy hunarmandchilik namunalarini mahalliy aholi va shahar mehmonlari uchun namoyish etishga xizmat qiladi.
Art-markaz hunarmandchilik namunalari namoyish etiladigan 23ta ustaxona shourum, tasviriy san'at asarlari ko‘rgazmasi uchun mo‘ljallangan galereya va mahorat darslari uchun ijodiy studiya kompleksidan iborat.



“Sogdiana” markaziga kelib, o‘zbek milliy san'atining naqadar muhtasham ekanligiga yana bir karra guvoh bo‘ldim. Art-markazning atmosferasi haqiqiy o‘zbek milliy kayfiyatini uyg‘otadi. Bu yerda namoyish etilayotgan milliy liboslar, jimjimador artefaktlar, hunarmandchilik buyumlari O‘zbekistonning qadimgi portretini gavdalantiradi. Bunday markazlar xorijiy sayyohlarda katta qiziqish uyg‘otishiga ishonaman”, – deydi O‘zbekistonga sayohat uchun tashrif buyurgan ozarbayjonlik Yasemen Ashrafzoda.
“Sogdiana”da milliy liboslardan tortib musiqa cholg‘ulari, so‘zana va gilamlar, bejirim taqinchoqlar, o‘zbekona sopol idish-tovoqlar, milliy o‘yinchoqlargacha topish imkoniyati mavjud.



Markazda taniqli rassom va ustalar ishtirokida muntazam ravishda mahorat darslari o‘tkazib borilishi ham rejalashtirilgan.
O‘zbekistonning turli hududlaridan hunarmandlar o‘z mahsulotlarini tijoriy realizatsiya uchun ham topshirishlari mumkin.











Mavzuga oid
08:10 / 24.05.2025
Toshkentda Nissan avtomobili yonib ketdi
09:41 / 16.05.2025
Maktab o‘rniga “dom”, 167 jabrlanuvchi. Toshkentda “novostroykachi”larga nisbatan yirik sud ishi boshlandi
08:13 / 06.05.2025
Uchtepa tumanida joylashgan ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi
18:31 / 20.03.2025