Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniyadagi konsertda ekran qulashi oqibatida 28 kishi jabrlandi
Germaniyaning Essen shahrida ochiq osmon ostida o‘tayotgan konsertda kuchli yomg‘ir vaqtida sahna oldidagi yorug‘lik-diodli ekran qulab tushdi. Bu haqda DW telekanali xabar berdi.
Voqea 31 avgustda kechki vaqt rep ijrochilar Marten Lasini va Benyamin Griffi chiqishi vaqtida yuz bergan. Konsertda 18 minggacha kishi bo‘lgan.
Ekranning qulashi oqibatida 28 kishi jabrlangan, ulardan 2 nafari og‘ir jarohatlar olgan. Jabrlanuvchilar shifoxonaga yetkazilganlar. Yana 150 kishiga voqea joyida yordam ko‘rsatilgan.
Momaqaldiroqqa qaramay, musiqachilar chiqishlarini davom ettiraverishgan, biroq ko‘p o‘tmay uni to‘xtatishga majbur bo‘lishgan.
Voqea joyi o‘rab olingan. Politsiya voqea sabablarini aniqlashtirmoqda.
Mavzuga oid
13:59 / 28.05.2025
Germaniya rasmiylari Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
11:22 / 28.05.2025
Germaniyadagi qochqinlar soni 3,5 million kishiga yetdi
12:20 / 27.05.2025
Germaniya kansleri Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
23:34 / 26.05.2025