Mustaqillik bayrami Namangan osmonida yog‘du sochdi
Mustaqillik bayrami munosabati bilan Namangan shahrida tantanalarning “yorqin tomoshasi” – katta bayram mushakbozligi uyushtirildi.
Viloyat hokimligi tomonidan tashkil etilgan bayram salyutiga Namangan ahlining katta qismi jonli guvoh bo‘lishini ta'minlash uchun mushakbozlik “Afsonalar vodiysi” bog‘ida o‘tkazilishiga qaror qilindi.
Soat 21:00 da Namangan osmoni uzra Istiqlol bayrami sharafiga yog‘du sochgan feyyerverklarni tomosha qilish uchun yuz mingdan ziyod hamyurtlarimiz yig‘ilishdi.
Bayram shukuhini, xalqning jo‘shqin va xurram kayfiyatini yanada orttirgan mushakbozlik, davom etayotgan Mustaqillik bayrami tantanalarining bir bo‘lagiga aylandi.
Bayram munosabati bilan ketma ket zalplar bilan turfa ranglardagi 1150 ta mushak otildi. Eng kuchli salyut esa balandligi 300 metrdan oshdi. Yig‘ilganlar bunday zavqli bayram tuhfasi uchun viloyat hokimligiga o‘z tashakkurlarini qarsaklar bilan izhor qildilar.
Mavzuga oid
20:05 / 12.09.2024
Hududlarda tadbirkorlar quyosh panellarini o‘rnatishga majburlanmoqda. Vazirlik tomoshabinmi?
13:05 / 05.09.2024
Xitoy Namanganda misni qayta ishlash zavodini qurishi mumkin
10:27 / 20.08.2024
Namanganda uyidagi yashirin sexda qalbaki dori ishlab chiqargan feldsher va uning sheriklari qamaldi
23:10 / 14.08.2024