O‘zbekiston | 17:29 / 01.09.2019
32841
21 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonning uch qahramoni, Ukrainaning yangi hukumati, Quronboyev va Nuriymon Abulhasanning ketishi hamda haftaning boshqa xabarlari

Barchangizni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 28 yilligi bilan tabriklab, o‘tayotgan haftada O‘zbekistonda va jahonda ro‘y bergan voqea va hodisalarning eng muhimlarini Kun.uz’ning an'anaviy haftalik dayjestida yana bir karra esga olamiz.

O‘ZBeKISTON XABARLARI

«O‘zbekiston» xalqaro anjumanlar saroyida 31 avgust kuni mamlakatimiz mustaqilligining yigirma sakkiz yilligiga bag‘ishlangan bayram tantanasi bo‘lib o‘tdi.

·       Shavkat Mirziyoyev: Mard va matonatli xalqimiz o‘zi tanlab olgan mustaqillik yo‘liga doimo sodiq bo‘lib kelmoqda

·       Prezident farmoni bilan uch nafar fuqaroga «O‘zbekiston Qahramoni» unvoni berildi

·       Prezident mustaqillik bayrami munosabati bilan 65 kishini afv qildi

·       Prezident harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining bir guruhini mukofotladi

·       Hokimlar va davlat xizmatchilaridan bir guruhi mukofotlandi

·       Shavkat Mirziyoyev Shahidlar xotirasi xiyoboniga tashrif buyurib, qatag‘on qurbonlarini yod etish marosimida ishtirok etdi

·       Shavkat Mirziyoyev: «Masjidlarda odamlarga dinni xuddi birinchi sinf bolasiga alifbodan saboq bergandek o‘rgatamiz»

Parlament

·       O‘zbekiston tarixida ilk marta vazirlikka nomzod deputatlar muhokamasidan o‘tdi. Deputatlar nomzodni qaytarishi ham mumkin

·       Tanzila Norboyeva Jizzaxga bordi. Viloyatda 4 mingdan ziyod tadbirkorlik sub'yektining faoliyati to‘xtab qolgan

·       Surxondaryo viloyatida 823,2 mlrd so‘mlik 184ta loyiha o‘z muddatida ishga tushirilmagan

·       Tanzila Norboyeva Qashqadaryoga bordi. Viloyatda 436 nafar tadbirkor savdo do‘konlari buzib tashlangani sabab faoliyatini to‘xtatgan

·       O‘zbekistondagi parlament saylovlarini ilk marta YeXHT DIIHBning to‘laqonli missiyasi kuzatib boradi

·       So‘rov: agar ertaga parlament saylovlari o‘tkazilsa, qaysi partiyaga ovoz bergan bo‘lardingiz?

«Sharq taronalari» musiqa festivali

Samarqandda «Sharq taronlari» XII xalqaro festivali ochildi. Uni O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Sh.Mirziyeyov tabrik nutqi bilan ochib berdi.

·       YuNeSKO Bosh direktori «Sharq taronalari» haqida: «Bu madaniyat odamlarni birlashtira oladigan kuch ekanining isboti»

·       Tarixiy selfi – O‘zbekiston prezidenti jurnalist va blogerlar bilan selfiga tushdi

·       Prezidentning bloger va jurnalistlar bilan Samarqanddagi uchrashuvi qanday o‘tdi? — video

·       «Sharq taronalari»: Gran Pri – 10 000 AQSh dollari. Madaniyat vaziri jurnalistlarga ma'lumot berdi

·       Takrorlanmas musiqa va chiroqlar o‘yini. «Sharq taronalari»dan fotoreportaj

Tayinlovlar va iste'folar

·       Hukumatda «rokirovkalar»: kim ko‘tarildi, kimda pasayish?

·       Sherzod Qudbiyev prezident maslahatchisi bo‘ldi

·       Prezident maslahatchisi Umar Ismailov vazifasidan ozod etildi

·       Qahramon Quronboyev Yoshlar Ittifoqi raisligidan ketdi

·       O‘zbekiston tarixidagi eng yosh vazir o‘rinbosari Yoshlar Ittifoqiga vaqtincha rais bo‘ldi

·       Jalaquduq tumaniga yangi rahbar tayinlandi

·       Komil Rashidov O‘zbekiston bosh vazirining maslahatchisi etib tayinlandi

·       Buxoro, Xorazm va Jizzax viloyatlarida IIB boshliqlarining yangi o‘rinbosarlari tayinlandi

·       Din ishlari bo‘yicha qo‘mita rahbariyati ishdan olindi. Nuriymon Abulhasanning yangi ish joyi ma'lum bo‘ldi

·       Samarqand viloyati xalq ta'limi boshqarmasi boshlig‘i o‘zgardi

O‘zgarishlar

·       Prezident qarori: O‘zbekistonda Yoshlar akademiyasi tashkil etildi

·       Senat raisiga qo‘shimcha vakolatlar berildi

·       Toshkent viloyatining Zangiota tumani va Toshkent shahrining Sergeli tumani chegaralari o‘zgartiriladi

·       Qoraqalpog‘iston Respublikasida yangi Bo‘zatov tumani tashkil etiladi

·       Qoraqalpog‘istonda yana bir tuman tashkil qilinadi

·       Prezident qarori: O‘zbekistonda hokimlarning yordamchilari soni yana bittaga ko‘paydi

Iqtisodiyot va investitsiyalar

·       Xufiyona iqtisodiy faoliyat faktlarini aniqlashda yordam bergan shaxslar moddiy rag‘batlantiriladi

·       «To‘rtinchi sanoat inqilobi boshlanganini inobatga olish zarur» — Aziza Umarova islohotlarni davom ettirish haqida

·       Davlat tashqi qarzi yarim yilda 3,2 milliard dollarga oshgan - Moliya vazirligi

·       O‘zbekistonni 2030 yilgacha kompleks rivojlantirishda BAA tajribasidan foydalaniladi

·       BAA O‘zbekistonni Dubaydagi xalqaro forumga taklif qildi

·       Moliya vaziri o‘rinbosari: «Oltinni ko‘p ushlab turishimiz kerak emas, uni pul keltiradigan narsalarga tikish lozim»

Bank va moliya

·       Valuta ayirboshlash operatsiyalari tartibida o‘zgarishlar yuz beradi

·       Dollarning rasmiy kursi pasaydi

·       Endi narxlar barqarorligini Markaziy bank ta'minlaydi

·       2020 yilda milliy hisoblarning yangi tizimini joriy etish boshlanadi

·       1 sentyabrdan boshlab O‘zbekistonda mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori kiritilmoqda

·       Markaziy bankda nazorat qo‘mitasi tashkil etiladi

Yer resurslari

·       O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining huquqlari kengaytirildi

·       Jinoyat kodeksiga o‘zgartish kiritiladi. U yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish bo‘yicha

·       O‘zbekistonda davlat yer inspektori lavozimi joriy etiladi

·       O‘zbekistonda hokimlar yer uchastkasi bo‘yicha yana bir vakolatidan mahrum bo‘ldi

Oliy ta'lim

·       TDYuU bayonot bilan chiqdi. U universitetning korrupsion imiji haqida

·       Oliy ta'lim muassasalari rektorlarining vakolati kengayadi

·       Xoreografiya oliy maktabi yangi o‘quv yilini zamonaviy binoda boshlaydi

·       Samarqandda yana bir universitet filiali tashkil etiladi

·       DTM mandat nega kechikkaniga izoh berdi

Maktab ta'limi

·       Yangi o‘quv yili uchun darsliklar to‘plami ijara to‘lovi miqdori belgilandi

·       1-sinf o‘quvchilari uchun beriladigan «Prezident sovg‘asi» sifati yaxshilandi

·       Xalq ta'limi vazirligi maktab formasi bo‘yicha ota-onalarga murojaatnoma bilan chiqdi

·       Yangi tahrirdagi «Ta'lim to‘g‘risida»gi qonun loyihasi e'lon qilindi

·       Xorazmda xalqaro fizika va matematika maktabi tashkil etiladi

·       Umumiy o‘rta ta'lim muassasalari milliy reytingi e'lon qilindi

·       Maktablarga ota-onalardan undiriladigan ayrim to‘lovlarni erkin tasarruf etish imkoniyati berildi

Jamiyat

·       O‘zbekistonda majburiy mehnatga jalb qilganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi

·       O‘zbekiston paxta yig‘im-terimida qo‘l mehnatidan qachon voz kechadi?

·       O‘zbekistondagi g‘or dunyoning eng chuqur g‘orlaridan biri sifatida e'tirof etilishi mumkin

·       O‘zbekistondagi ilk osmono‘par bino nomi e'lon qilindi

·       O‘zbekistonga birinchi yarim yillik ichida 3 mlndan ko‘proq sayyoh tashrif buyurdi

·       Soxta diplomlar mojarosi: O‘zbekiston fuqarolari Finlyandiyadan ommaviy ravishda deportatsiya qilinmoqda

Huquq-tartibot

·       Mahkumlarga uchrashuv va telefon orqali so‘zlashuv bo‘yicha qo‘shimcha huquqlar berildi 

·       Mahkum ovqat yeyishni rad etganda qo‘llaniladigan choralar belgilandi

·       O‘zbekistonda jazoni ijro etish muassasalari turlarida o‘zgarish yuz berdi

·       Manzil-koloniyalarda jazoni o‘tayotgan shaxslar ham pensiya oladigan bo‘ldi

·       Nurxon Nafasov ishi: Sud uning ishdan bo‘shatilishi g‘ayriqonuniy bo‘lgani haqida qaror chiqardi

·       Qashqadaryoda MIB xodimlari do‘pposlandi. Bosh prokuratura jinoyat ishi ochilganini ma'lum qildi

·       «Angor paxta tozalash» AJ direktoriga hukm o‘qildi. U 2,5 milliard so‘mga yaqin mablag‘ni talon-toroj qilgan

·       Sud, tergovchi va surishtiruvchining vakolatlari kengaytirildi

Tahliliy maqolalar

·       O‘zbekistonni dunyoga tanitmoqchi bo‘lgan blogerlar kimlar? Ulardan natija kutsak bo‘ladimi?

·        «Straus House»dan aholi nega norozi?

·       Xalq demokratik partiyasi o‘zgarayotgani rostmi?

·       Obidalar umrini uzaytirib kelgan Samarqand maxsus ilmiy ishlab chiqarish ustaxonasini qayta tiklash — davr talabi

·       Bloger — havaskor jurnalist, biroq ba'zi bir jurnalistlardan mahoratliroq bo‘lishi ham mumkin

Dolzarb mavzular

·       Surxondaryoda asalarilar qirilmoqda: sohani asrab qolish uchun qanday yechimlar bor?

·       Nega maktabgacha ta'lim tashkiloti rahbarlari musiqa yoki jismoniy tarbiyadan dars o‘tmasligi kerak? – Vazir o‘rinbosari

·       Intellektual mulk agentligining qariyb 40 foiz xodimi egallab turgan lavozimiga noloyiq deb topildi

·       Human Righs Watch O‘zbekiston rasmiylarini «Jasliq»dagi qiynoqlarni tekshiruvdan o‘tkazishga chaqirdi

·       Riviera savdo markazining qurilish ishlari to‘xtatib qo‘yildi. Toshkent shahar prokuraturasi jinoyat ishi ochdi

Intervyular

·       «Surxondaryo sanoatlashgan viloyatga aylanib bormoqda» — viloyat hokimi To‘ra Bobolov bilan intervyu

·       «Yozuvchilarimiz xalq og‘zaki ijodidan tobora uzoqlashib bormoqda» - Usmon Azim

·       «Bunday ona tili ta'limi o‘zimizni aldashdan boshqa narsa emas!» – Tilshunos olim bilan suhbat

·       «Siyosatda do‘st bo‘lmaydi, unda hammasi muvaqqat» - adib Murod Muhammad Do‘st bilan suhbat

·       «Hammasi boshqacha bo‘lgandi»: Vazirlar Mahkamasi xodimini ishdan ketkazgan lavha muallifi bilan suhbat

Kun.uz reportajlari va surishtiruvlari

·       Samarqandda haydovchilar yo‘ldagi itni bosib o‘tishga harakat qilishdi. It quturgan bo‘lgani taxmin qilinmoqda

·       Nohaqlik qurboni bo‘lgan soliq xodimi sudda oqlandi. Uning faoliyatini davom ettirish istagiga DSQ nima deydi?

·       G‘allaorolda ichimlik cuvi muammosi: Hayvon ichmaydigan suvni odamlar qachongacha iste'mol qiladi?

·       Sharg‘undagi «Obod markaz» tufayli imorati buzilgan O‘lmasoy opaga kompensatsiya to‘lab berildi

JAHON XABARLARI

Markaziy Osiyo

·       Atamboyevning ishi bo‘yicha 20 ta ko‘chmas mulkdan taqiq olindi

·       Qirg‘izistonda siyosiy muxolifatchi Tekebayev uy qamog‘iga o‘tkazildi

·       Qozog‘istonda Abu Nasr Forobiyning 1150 yillik yubileyi keng nishonlanishi rejalashtirilmoqda

·       Turkmanistonda prezident o‘g‘li paxta terish bo‘yicha birinchi bo‘lishi kerakligi uqtirildi – OAV

·       Dushanbeda Markaziy Osiyodagi eng katta akvabog‘ga ega ko‘l ochildi

·       O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarasida yangi o‘tkazish punktlari ish boshladi

MDH xabarlari

·       Rossiyada o‘lim jazosini qaytarish taklif etildi

·       Zelenskiy Ukrainaning hali hech bir prezidenti erishmagan ko‘rsatkichga erishdi

·       Rossiya Saudiya Arabistonida «Kalashnikov» avtomatlari ishlab chiqaruvchi zavod qurmoqchi

·       Lukashenko Polshaga Putin taklif qilinmagani sababli bormaslikka qaror qildi – OAV

·       Zelenskiy deputatlarga o‘zlarini ko‘rsatishlari uchun bir yil muhlat berdi

·       Ukraina hukumatini 35 yoshli Aleksey Goncharuk boshqaradi. U mamlakat tarixidagi eng yosh bosh vazir

Jahon yangiliklari

·       Tramp Putinni keyingi G7 sammitiga taklif qilishga va'da berdi

·       Indoneziya poytaxtini Borneo oroliga ko‘chirishga qaror qilindi

·       Pokiston Kashmir masalasini BMT Bosh assambleyasida ko‘tarishni rejalashtirmoqda

·       AQSh Eronga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi

·       Shimoliy Koreya Konstitutsiyasida Kim Chen In maqomi o‘zgartirildi

·       AQSh Xitoydan 100 yil avvalgi qarzni undirishni rejalashtirmoqda

·       Dunyoning eng xavfsiz shaharlari reytingi e'lon qilindi

SPORT YaNGILIKLARI

·       «Navbahor» Jurjyevichni iste'foga chiqarmay turib Kanchelskis qaytganini e'lon qildi

·       «O‘zbek futboli ancha oldinda» — Tojikiston sardori O‘zbekistonga kelishi oldinga qadam bo‘lganini aytdi

·       «Biz Jahon chempionatiga chiqa olamiz». Ektor Kuper terma jamoa uchun eng asosiy ikkita jihatni aytdi

·       Sportchilarni xalqaro musobaqalarga jo‘natish kimning «cho‘ntagi»dan bo‘lishi kerak?

·       Yozning eng shov-shuvli transferi. Serial yakuniga yetmoqda

·       Nikimbayev: «Navbahor»dagi murabbiylar beqarorligi «sahna orti fitnalari» bilan bog‘liq»

·       Chempionlar Ligasi 2019/20 mavsumi guruh bosqichiga qur'a tashlandi

·       Yevropa Ligasi qur'asi: «Arsenal» va «MYu» o‘z raqiblarini bilib oldi

·       Van Deyk – Chempionlar Ligasining eng yaxshi futbolchisi, Messi – eng yaxshi hujumchisi, Ronaldu sovrinsiz qoldi

Mavzuga oid