Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya tarixdagi eng yaxshi Olimpiadani o‘tkazish niyatida
Yaponiya olimpiya qo‘mitasi rahbari, dzyudo bo‘yicha olimpiya chempioni Yasuxiro Yamasita TASSga bergan intervyusida Tokioda bo‘lib o‘tadigan Olimpiada o‘yinlariga tashrif buyuradigan mehmonlar uchun o‘z maslahatlarini berdi.
— MOQ prezidenti sifatida nimani eng muhim vazifa deb hisoblaysiz?
— Bir yildan so‘ng Tokioga keladiganlarga eng yaxshi qabulni taqdim etish. O‘yinlar qatnashchilariga ham, muxlislarga ham bu yer yoqishini ta'minlash.
— Olimpiada mehmonlariga qanday maslahatlar bergan bo‘lardingiz? Masalan, yozgi issiq havo va yuqori darajadagi namlikka qanday bas kelish mumkin?
— Birinchi navbatda o‘zlari bilan albatta suv olib yurishlari kerak. Olimpiada vaqtida kostyum va galstuklarni unutgan ma'qul, yaxshisi, yengil kiyimlarda kelishsin. Yaponiyada ayollar ham, erkaklar ham soyabon tutishadi. Soyabonlardan yomg‘irda ham, issiqda ham foydalanishadi.
— Yaponiya oshxonasidan nimalarni tavsiya qilasiz?
— Oshxonamiz xilma-xil — sushi, tempura, teppan'yaki. Bizda hashamatli restoranlar ham, kichik tamaddixonalar ham bor. O‘yinlar barchaga yoqadi va mehmonlarimiz o‘z yurtlariga yoqimli taassurotlar bilan qaytishadi deb umid qilaman.
Mavzuga oid
21:24 / 27.05.2025
XOQ rossiyalik sportchilarni 2026 yilgi Qishki Olimpiada o‘yinlariga kiritmadi
21:21 / 06.04.2025
Allergiya belgilarini yengillashtirishga yordam beradigan tabiiy modda aniqlandi
13:04 / 04.03.2025
Yaponiyada dunyodagi eng kichik bog‘ mavjud: uning maydoni yarim metrdan kam
20:33 / 13.01.2025