Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda ilg‘or o‘qituvchilarning darslari videotasvirga olinib, internetga joylashtirib boriladi
O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri o‘rinbosari Aziz Abduhakimov boshchiligida ilk bor e'lon umumta'lim maktablari reyting natijalari videoselektor yig‘ilishida muhokama qilingandi.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi matbuot xizmatiga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Xalq ta'limi vazirligi rahbarlari hamda davlat inspeksiyasi va vazirlikning hududiy boshqarma boshliqlari, tuman va shahar xalq ta'limi bo‘limlari mudirlari va maktab rahbarlari ishtirok etgan yig‘ilishda umumta'lim maktablarida ta'lim sifatini oshirishga to‘sqinlik qilayotgan holatlar muhokama qilindi.
Xususan, Davlat inspeksiyasi rahbari Ulug‘bek Toshkenboyev xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha hududiy markazlar faoliyatini zamon talablari darajasida emasligiga to‘xtalar ekan, o‘qitish metodlari va pedagoglar malakasini oshirish uchun belgilangan muddatlar hozirgi tezkor davr talablariga javob bermasligini aytib o‘tdi.
Yig‘ilishni boshqarib borgan bosh vazir o‘rinbosari tomonidan ushbu yo‘nalishda zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish lozimligi ta'kidlanib, har bir fan bo‘yicha eng ilg‘or o‘qituvchilarning darslarini mavzular kesimida videotasvirga olish va internet tarmog‘ida joylashtirib borish uchun alohida tizim yaratish vazifasi topshirildi. Mazkur tizim orqali pedagoglar o‘zaro tajriba almashishlari, eng yaxshi darslar uchun ovoz berib borib imkoniyati yaratilishi va kelgusida ushbu tizimda eng ko‘p ovoz yiqqan o‘qituvchilar va ta'lim muassasalari reytingida ball qo‘shilishi aytib o‘tildi.
Yakunda hududiy xalq ta'limi boshqarmalari rahbarlari va maktab direktorlariga yangi yo‘lga qo‘yiladigan tizimni o‘qituvchilar o‘rtasida keng targ‘ib qilish va ular orasida eng faollarini rag‘batlantirib borish vazifasi topshirildi.
Mavzuga oid
20:08 / 23.05.2025
Qashqadaryoda o‘nlab pedagoglarga ustama to‘lash texnik masalalar sabab to‘xtatib qo‘yildi
09:00 / 18.05.2025
“Ijtimoiy tarmoqlar qonuni” va grin-kartadagi liderlik - hafta dayjesti
17:10 / 02.05.2025
“Jahldor o‘qituvchi” - Samarqandda pedagog bolalarga o‘ta qo‘pol munosabatda bo‘ldi
23:22 / 25.04.2025