Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya davlat dumasi raisi sentyabrda O‘zbekistonga tashrif buyuradi
Rossiya davlat dumasi raisi Vyacheslav Volodin sentabr o‘rtalarida O‘zbekistonga keladi hamda Nur-Sultonda Yevrosiyo davlatlari parlament spikerlarining 4-yig‘ilishida ishtirok etadi.
“16 sentyabrda davlat dumasi spikerining O‘zbekistonga tashrifi bo‘lib o‘tadi. Tashrif vaqtida O‘zbekiston parlamentchilari bilan muzokaralar va mamlakat rahbariyati bilan uchrashuvlar rejalashtirilgan”, deyilgan davlat dumasi xabarida.
Ta'kidlanishicha, Rossiya davlat dumasining Volodin boshchiligidagi delegatsiyasi 23-24 sentabr kunlari Nur-Sultondagi yig‘ilishda ishtirok etadi.
“Yig‘ilishda Yevrosiyo qit'asida integratsiya jarayonlarini ilgari surish masalalari, shu jumladan iqtisodiyot sohasida ko‘p tomonlama loyihalarni amalga oshirish, davlat raqamli iqtisodiyoti va raqamli suverenitetini rivojlantirishni qonuniy ta'minlash, terrorchilikka qarshi kurashish va xavfsizlikni mustahkamlash muhokama qilinadi”, deyilgan xabarda.
Mavzuga oid
19:02 / 22.05.2025
Rossiyada xitoylik va o‘zbekistonlik ishchilar ommaviy mushtlashdi
14:10 / 14.05.2025
O‘zbekiston va Eron 1 mlrd dollarlik loyiha portfeli va savdo kelishuvlarini shakllantirdi
22:24 / 12.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
17:57 / 29.04.2025