Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Usmonov fondi O‘zbekistondagi «MISiS» filiali faoliyatini moliyalashtirishda davom etadi
Taniqli biznesmen va metsenat Alisher Usmonov asos solgan "San'at, ilm va sport" xayriya jamg‘armasi "MISiS" Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti Olmaliq filialiga uning faoliyatini yaxshilash va dars sifatini oshirishda har tomonlama yordam berishda davom etadi. Bu haqda tashkilotning bosh ofisi ma'lum qildi.
Xabarda ta'kidlanishicha, O‘zbekistondagi "MISiS" filiali loyihasini amalga oshirish jamg‘armaning eng muhim va ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi va qisqa vaqt ichida tashkilot O‘zbekiston tomoni bilan ushbu masalada hamkorlikni kuchaytirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.

Xususan, jamg‘arma o‘quv jarayoniga chet ellik yetakchi soha mutaxassislarini jalb etish, shuningdek, ushbu ta'lim dargohining material-texnik hamda axborot-resurs bazasini kuchaytirishni maqsad qilib olgan.
Shu kunlarda Olmaliqdagi "MISiS" filiali 100 Mbit/s. tezlikka ega bo‘lgan Internet tarmog‘iga ulandi. Natijada oliygoh xalqaro ilmiy va ilmiy-tadqiqot ishlari elektron bazalari va kataloglarga, ilmiy va badiiy adabiyotlarga onlayn ulanishga muvaffaq bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Olmaliq shahrida MISiS filiali ochilish marosimi 2018 yilning oktabr oyida bo‘lib o‘tgan edi.
Mavzuga oid
20:26 / 01.04.2025
Forbes milliarderlar ro‘yxatini yangiladi: Usmonov O‘zbekiston vakili sifatida ko‘rsatilgan
16:46 / 14.03.2025
Alisher Usmonovning singlisi Gulbahor Ismoilova sanksiyalardan ozod etilgan bo‘lishi mumkin
22:38 / 14.02.2025
Telegramʼda «Alisher Usmonov aksiyasi» nomli 200 dan ortiq guruh ochib, firibgarlik bilan shug‘ullangan shaxslar ushlandi
19:54 / 08.02.2025