Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy 12 rossiyalikni afv etish haqidagi farmonni imzoladi
Ukrainada sudlangan 12 rossiyalik afv etildi. Bu haqda “Interfaks” axborot agentligiga ukrainalik advokat Valentin Ribin ma'lum qildi.
Ta'kidlanishicha, afv etilgan rossiyaliklar jazoni o‘tash joylaridan Rossiya bilan mahkumlarni almashishda ishtirok etayotgan shaxslarni yig‘ish joyiga yetkazilgan.
Ribinning ta'kidlashicha, ro‘yxatda bo‘lgan bir rossiyalik hanuz belgilangan joyga yetkazilmagan hamda uning afv etilishi haqida farmon yo‘q. “Bu 15 yilga jazolangan Ruslan Gadjiyev. U ro‘yxatda bor edi, biroq mahkumlarni almashish joyiga yetkazilmagan. Fikrimcha, Ukraina uni bermoqchi emas”, deb ta'kidlab o‘tgan Ribin.
Advokatning aytishicha, Gadjiyevni berishdan bosh tortish mahkumlarni almashish jarayonini murakkablashtirishi mumkin.
Avvalroq Rossiya va Ukraina o‘zaro ushlab turilgan mahkumlarni almashishga kelishib olgani ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025