Toshkentda shaharning uch o‘lchovli xaritasi va tashkilotlar ma'lumotnomasi - 2GIS yaratildi
O‘zbekiston Respublikasi poytaxtida avtomobil navigatori va tashkilotlarning ma'lumotnomasi jamlangan shaharning 3D formatidagi xaritasi - 2GIS ishga tushirildi.
Shahar hokimligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, xaritaga 217 000dan ortiq binolar kiritilgan, shuningdek, 35 000ta tashkilotlar haqida ularning faoliyat turi, ish tartibi, xizmat turlari va boshqa ma'lumotlar jamlanib, kiritilgan.
Qayd etilishicha, 2GIS foydalanuvchiga ko‘plab qulayliklarni taqdim etadi. U orqali kafe va restoranlardagi narx-navo, eng yaqin dorixona, sog‘lomlashtirish markazlari yoki mehmonxona haqida ham ma'lumot olish mumkin.
Shuningdek, 2GISni tayyorlagan mutaxassislar ko‘p qavatli uylarning 37 000ta kirish yo‘laklari haqida ham ma'lumot to‘plab, loyihaga kiritganlar. Bu esa biror manzilni izlayotganlar uchun qulay bo‘lib, ular uy va xonadon raqamiga ko‘ra, qaysi yo‘lakka kelishlari lozimligini bilib olishlari mumkin.
Umuman, 2GIS foydalanuvchiga istalgan manzilga yetib borishda yaxshi yo‘l ko‘rsatkich vazifasini bajara oladi. Agar uning mobil ilovasi yuklab olinsa, yo‘l davomida yo‘l belgilari, ko‘chalardagi to‘siqlar haqida ham ogohlantiradi, shuningdek, boradigan manzilga olib boruvchi bir necha yo‘nalishlarni ko‘rsatadi.
Shuningdek, dastur orqali yo‘nalgan manzil qancha masofada joylashgani, uning atrofida qanday obektlar borligini ham bilish mumkin. Ushbu dasturning mobil ilovasini yuklab olish bepul, shuningdek, 2gis.uz saytiga kirish orqali ham undan foydalanish mumkin.
Mavzuga oid
10:51
Toshkent aeroportida eshitish qobiliyati cheklangan shaxslar ish boshladi
17:02 / 22.11.2024
Toshkentda 4 mln dona pirotexnika buyumlari yo‘q qilindi
15:28 / 22.11.2024
Svetoforning qizil chirog‘ida harakatlangan Malibu piyodani urib yuborishiga oz qoldi
21:43 / 21.11.2024