Jamiyat | 11:08 / 09.09.2019
8386
2 daqiqa o‘qiladi

Navoiy viloyati hokimi bir haftada uchta maktabda dars o‘tdi

Foto: Navoiy viloyati hokimligi

Joriy yilning 23 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida bo‘lib o‘tgan xalq ta'limi tizimini rivojlantirish, pedagoglarning malakasi va jamiyatdagi nufuzini oshirish, yosh avlod ma'naviyatini yuksaltirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida ta'lim sifatini yanada yaxshilash uchun hokimlar ham maktabga yaqin bo‘lishlari, haftada kamida 3 marta hududlardagi o‘quv muassasalariga borib dars o‘tishlari, o‘quvchilar bilan bevosita muloqot qilishlari aytilgandi.

Navoiy viloyati hokimi Qobil Tursunov joriy yilning 4 sentabr kuni Karmana tumanidagi 21-sonli umumta'lim maktabida o‘quvchilar bilan uchrashib, ularga ilk mustaqillik sabog‘ini bergan edi.

7 sentabr kuni hokim shu an'anani davom ettirib, tumandagi 14- va 12-umumta'lim maktablarida bo‘ldi. Viloyat rahbari o‘quvchi yoshlarga O‘zbekistonning mustaqillikka erishish tarixi, kelajak avlodning dunyoqarashini o‘zgartirish, o‘sib kelayotgan avlod ongida yot g‘oyalarga qarshi immunitetni shakllantirish haqida gapirdi.

Shuningdek, mamlakatda iqtidorli va faol yoshlar uchun keng imkoniyatlar yaratilgani, ularning axborot texnologiyalari bilan ta'minlanishi ham intellektlari oshishiga xizmat qilayotganini ta'kidladi.

Viloyat hokimi tomonidan har bir maktabga 200 donadan ortiq mahalliy va chet el yozuvchilarining durdona asarlari chop etilgan kitoblar jamlanmasini sovg‘a qildi.

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid