Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Tojikistonning harbiy mashqlarida shartli terrorchilarni yo‘q qilish amalga oshiriladi
O‘zbekiston va Tojikiston harbiylari shartli terrorchilarni yo‘q qilish bo‘yicha qo‘shma mashqlar o‘tkazadilar.
Qo‘shma mashqlar 16-21 sentabr kunlari Namangan viloyatida joylashgan «G‘urumsaroy» harbiy poligonida bo‘lib o‘tadi.
Tojikiston Mudofaa vazirligi tezkor reaksiya bildirish kuchlari, piyoda askarlar, desantchilar va aviatsiya qo‘shni davlatda bo‘lib o‘tadigan harbiy mashg‘ulotlarda qatnashishini ma'lum qilgan.
Tojikiston mudofaa vaziri matbuot xizmati boshlig‘i Orif Nozimiyonning aytishicha, mashg‘ulotlarda harbiy vertolyotlar ham ishtirok etadi.
Rejaga ko‘ra, harbiylar «terrorchilar guruhi»ni yo‘q qilishlari kerak. Shartli dushmanga qarshi kurashda ham quruqlikdagi qo‘shinlar, ham aviatsiya ishtirok etadi. Tojikiston Mudofaa vazirligi qo‘shni respublikaga qancha miqdorda harbiylar jo‘natilishi haqida aniq ma'lumot bermayapti, biroq ikkala tomondan umumiy ishtirokchilar soni 200 nafar atrofida bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid
17:52 / 04.12.2024
Tojikiston va Qirg‘iziston umumiy davlat chegarasini delimitatsiya qilishni yakunladi
17:13 / 29.11.2024
Tojikistonda bolalarni xivchin bilan savalagan ayol ushlangani ma’lum bo‘ldi
16:34 / 17.11.2024
Bolalar ombudsmani yosh bolalar xivchin bilan savalangani aks etgan videoga munosabat bildirdi
12:26 / 15.11.2024