Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda ayrim yo‘nalishli taksilarning harakat jadvaliga o‘zgartirish kiritildi
2019 yilning 10 sentabr sanasidan 18, 43, 72 va 166-yo‘nalishli taksilarning harakat jadvaliga o‘zgartirish kiritildi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar bermoqda.
18-sonli “Qo‘yliq-2 mavzesi va "Do‘stlik" metrosi” AShB oralig‘ida qatnovchi yo‘nalishli taksining oxirgi bekati “Mashinasozlar" metrosidagi AShBgacha uzaytirildi va yo‘nalish 18-sonli "Qo‘yliq-2 mavzesi - "Mashinasozlar" metrosi” oralig‘ida qatnovchi taksi yo‘nalishi deb nomlandi.
43-sonli “Humoyun mavzesi - "Do‘stlik" metrosi” AShB yo‘nalishida harakatlanuvchi yo‘nalishli taksining qatnov masofasi qisqardi va uning oxirgi bekati “Mashinasozlar" metrosi yonidagi AShB deb belgilandi.
72-sonli "Aviasozlar" AShB - "Do‘stlik" metrosi” AShB oralig‘ida qatnovchi yo‘nalishli taksining oxirgi bekati ham o‘zgardi. Endi u ham “Mashinasozlar" metrosidagi AShBgacha boradi.
66-sonli "Tuzel" mavzesi - "Do‘stlik" metrosi” AShB yo‘nalishida qatnovchi yo‘nalishli taksi ham endi “Mashinasozlar" metrosi AShBgacha bo‘lgan oraliqda qatnaydi.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025