Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Spark»dan 50 mln so‘m va 4000 dollar o‘g‘irlab ketgan shaxs ushlandi
Shu yilning 10 sentabr kuni Toshkent viloyatining Toshkent tumani “Chuvalachi” mahallasida yashovchi J.D. ichki ishlar bo‘limiga ariza bilan murojaat qilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.
U o‘z arizasida shu mahallaning Bojxona 1-tor ko‘chasida “Spark” avtomashinasi eshiklarini ochiq qoldirgani oqibatida, noma'lum shaxs mashina salonida bo‘lgan 50 mln. so‘m va 4000 AQSh dollari miqdoridagi pullarini o‘g‘irlab ketganini bildirgan.
Tezkor xodimlar tomonidan o‘tkazilgan tadbir natijasida ushbu jinoyatni 1992 yil tug‘ilgan A.G‘. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan va o‘g‘irlangan pullar egasiga qaytarilgan.
Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi (O‘g‘rilik) 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
20:37 / 26.05.2025
Toshkent viloyatida ichimlik va oqova suv xizmatlari narxi oshiriladi
18:52 / 21.05.2025
Toshkent viloyatida uyida yo‘lbars boqib kelgan shaxs aniqlandi
10:12 / 15.05.2025
Toshkent viloyatida 13 ta tarixiy yodgorlikka zarar yetkazildi
14:50 / 13.05.2025