Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent-Volgograd poyezdida sodir bo‘lgan hodisa bo‘yicha rasmiy ma'lumot berildi
Joriy yilning 7 sentabr kuni «Aksarayskiy» (Rossiya) nazorat-o‘tkazish punktidagi chegara tekshiruvi paytida poyezddan vafot etgan yo‘lovchi topilgandi. O’ztemiryo‘lyo‘lovchi AJ ma'muriyati ushbu holat yuzasidan izoh beradi.
2019 yilning 7 sentabr kuni Rossiyaning Astraxan viloyat hududida harakatlanayotgan 323-sonli poyezdning 13-vagonida ketayotgan, joriy yil 5 sentabr kuni Nukusdan Volgogradga borish uchun yo‘lga chiqqan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Amudaryo tumanida yashovchi 52 yoshli A.G. ismli yo‘lovchi o‘zini yomon his qilgan va tobi qochgan.
Xabarda bildirilishicha, vagon kuzatuvchilari darhol tez tibbiy yordam chaqirishgan. Poyezd «Aksarayskiy» (Rossiya) nazorat-o‘tkazish punktiga yetib kelganda yo‘lovchining ahvoli og‘irlashgan va vafot etgan.
Vagon kuzatuvchilari hamda yo‘lovchilarning so‘zlariga qaraganda yo‘l davomida hech qanday zo‘ravonlik yoki qasddan zarar yetkazish holatlari kuzatilmagan. Chegara punktiga kelgan shifokorlarning ma'lumotiga ko‘ra A.G.ning vafotiga uning yurak xuruji sabab bo‘lgan.
Mavzuga oid
07:39 / 22.05.2025
Tyanjin–Toshkent yo‘nalishidagi birinchi poyezd jo‘nab ketdi
08:48 / 16.05.2025
Toshkentda poyezd ustida suratga tushmoqchi bo‘lgan bolalarni tok urdi
15:16 / 01.05.2025
Putin Volgograd aeroporti nomini "Stalingrad"ga o‘zgartirdi
18:00 / 25.04.2025