Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev: Hunarmandchilikning paydo bo‘lishi – sivilizatsiya sari tashlangan eng muhim tarixiy qadam
Qo‘qon shahrida 14 sentabr kuni birinchi Xalqaro hunarmandchilik festivalining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev barchani chin yurakdan qutlab, yurtimizga, ushbu anjumanga bo‘lgan katta hurmat va e'tibori uchun xorijiy mehmonlarga tashakkur izhor etdi, deb xabar berdi O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati.
- Umumbashariy madaniyatning ajralmas qismi bo‘lgan xalq amaliy san'ati dunyodagi har bir xalq hayotida, uning turmush tarzi va qadriyatlari rivojida alohida o‘rin tutadi. Insoniyatning ongli hayotida hunarmandchilikning paydo bo‘lishi – sivilizatsiya sari tashlangan eng muhim tarixiy qadam, desak, haqiqatni aytgan bo‘lamiz, - dedi davlatimiz rahbari.
Shavkat Mirziyoyev buyuk avliyo va hunarmand bobomiz Bahouddin Naqshband so‘zlaridan iqtiboslar keltirdi. Diyorimizda hunarmandlar mehnati qadrlanib, yoshlarning hunar o‘rganishi uchun keng imkoniyatlar yaratilayotgani, ushbu festival bu sohani yanada rivojlantirishda muhim o‘rin tutishini qayd etdi.
- Ushbu xalqaro festival nafaqat ko‘pmillatli O‘zbekiston xalqi, balki jahon hunarmandlari, butun dunyo ustalarining katta bayrami, desak to‘g‘ri bo‘ladi. Bu – olis tarix va bugungi zamon nafasini, turli qadriyat va an'analarni o‘zida yaqqol namoyon etadigan, mushtarak dillarni birlashtiradigan chinakam do‘stlik va hamkorlik anjumanidir, - dedi Prezident.
Mazkur festival davlatimiz rahbarining 2018 yil 1 noyabrdagi qaroriga muvofiq o‘tkazilmoqda. Festival arafasida shahar hayotida yana bir muhim voqea yuz berdi - Jahon hunarmandlar kengashi tomonidan Qo‘qon shahriga “Jahon hunarmandlari shahri” degan yuksak unvon berildi.
Marosimda Jahon hunarmandlar kengashi prezidenti Rozi Grinlis ham nutq so‘zladi.
Anjuman o‘tkaziladigan maydon atrofi bayramona bezatilgan. Qoraqalpog‘iston va barcha viloyatlardan kelgan hunarmandlar buyumlari ko‘rgazmasi tashkil etilgan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev ochilish marosimidan so‘ng ushbu mahsulotlarni ko‘zdan kechirdi, hunarmandlar bilan suhbatlashdi.
Xalqaro hunarmandchilik festivali ikki yilda bir marta o‘tkaziladi. Bu yilgi anjumanda 78 ta mamlakatdan 370 dan ziyod hunarmandlar, san'atshunoslar, jurnalistlar ishtirok etmoqda.
Mavzuga oid
11:20 / 25.02.2025
Shavkat Mirziyoyev, Sadir Japarov va Imomali Rahmonning birinchi uch tomonlama sammiti mart oxirida bo‘lib o‘tadi
20:25 / 24.02.2025
Bojxona postlarida yengil avtomobil va avtobuslar uchun qizil va yashil yo‘laklar joriy qilinishi mumkin
20:26 / 21.02.2025
Dronlar, SI kibertuzilmalari, robotlashgan texnikalar - mudofaani mustahkamlashning yangi strategiyalari
13:00 / 09.11.2023