Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Urgutda 4 yarim kilo qoradori sotmoqchi bo‘lgan fuqaro 13 yilga qamaldi
Ushbu jinoyat bilan bog‘liq ish Jinoyat ishlari bo‘yicha Urgut tuman sudida ko‘rib chiqildi.
Ma'lum bo‘lishicha, sudlanuvchi Yu.J. Tojikiston Respublikasida yashovchi tanishi bilan O‘zbekistonga giyohvand moddasi kontrabanda qilish bo‘yicha kelishib olgan. J.Yu.ning buyurtmasiga binoan, giyohvand modda joriy yilning mart oyida Samarqand shahar, Ulug‘bek mavzesidagi xufiya joyga yashirilgan.
Shundan so‘ng «buyurtmachi» J.Yu. haydovchi O.Q. boshqaruvidagi «Damas» avtomashinasini yollab, shaharning Ulug‘bek mavzesiga kelgan, ko‘cha bo‘yida ekilgan archalar ortida yashirib qo‘yilgan joydan 4.480 gramm qoradori giyohvandlik moddasi — «opiy»ni topib kelib, mashina o‘rindig‘iga joylagan.
J.Yu. va O.Q. mazkur mashinada «Samarqand – Urgut» avtomobil yo‘lidan Urgut tumani tomon harakatlanib borayotgan chog‘da Samarqand viloyat IIB YHXB 1-YPX xodimlari tomonidan to‘xtatilgan va avtomashinada giyohvandlik vositasi borligi aniqlangan. Huquq-tartibot organlari tezkor tergov guruhi xodimlari tomonidan xolislar ishtirokida avtomashina ko‘zdan kechirilganda, avtomashinaning orqa o‘rindig‘i ostidan erkaklar kurtkasiga o‘ralgan, ikki dona sellofan paket ichidan to‘q qo‘ng‘ir tusli, o‘tkir hidli, yopishqoq holdagi 4.480 gramm «opiy» giyohvandlik moddasi topilib, ashyoviy dalil tariqasida hujjatlashtirilib olingan.
Shu tarzda J.Yu. o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan holatlarga ko‘ra ko‘p miqdordagi giyohvandlik vositasini qonunga xilof ravishda o‘tkazish jinoyatini oxiriga yetkaza olmagan.
Urgut tuman sudi binosida sudya A.Axmadov raisligida bo‘lib o‘tgan ochiq sud majlisida J.Yu.ga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga ko‘ra, uzil-kesil o‘tash uchun 13 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. «Damas» haydovchisi esa 3 yilu 4 oy panjara ortida o‘tiradigan bo‘ldi.
Mavzuga oid
08:44 / 25.02.2025
2,4 gektar yerni 95 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
10:54 / 02.08.2024
Urgutda yo‘ldan o‘tayotgan 3 yoshli bola Cobalt urib ketishi oqibatida vafot etdi
22:17 / 29.07.2024
Samarqandda sodir bo‘lgan mudhish «avariya»da uch kishi hayotdan ko‘z yumdi
10:27 / 25.08.2023