Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shahobiddin Zoirov chorak finalga chiqdi
Bugun, 17 sentabr kuni Rossiyaning Yekaterinburg shahrida boks bo‘yicha jahon chempionatining to‘qqizinchi kun bellashuvlari bo‘lib o‘tmoqda.
Bugungi kun dasturida O‘zbekiston vakillaridan birinchi bo‘lib Shahobiddin Zoirov (-52 kg) chorak final yo‘llanmasi uchun ringga ko‘tarildi.
Qirg‘izistonlik Azat Usenaliyevga qarshi bahs olib borgan Rio Olimpiadasi chempioni jangda o‘z ustunligini namoyish etib (5:0), keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
U endi bolgariyalik Daniel Panev Asenovga qarshi final yo‘llanmasi uchun jang qiladi.
Kun davomida O‘zbekiston boks terma jamoasining yana 5 nafar vakili chorak final yo‘llanmasi uchun ringga chiqadi.
-91 kg: Sanjar Tursunov – Sanjit Sanjit (Hindiston)
-57 kg: Miraziz Mirzaxalilov – Muhammad Hamout (Marokash)
-69 kg: Bobousmon Baturov – Delante Jonson (AQSh)
-81 kg: Dilshod Ro‘zmetov – Andre Paul Aradoay (Ruminiya)
+91 kg: Bahodir Jalolov – Tsotne Rogava (Ukraina).
Janglarni tomosha qilish uchun link:
Ring B: Sanjar Tursunov - Sanjit, 17:40dan so‘ng, Mirazizbek Mirzaxalilov - Muhammad Hamut, 19:25 dan so‘ng, Bobousmon Baturov - Delante Jonson, 19:55dan so‘ng, Dilshodbek Ro‘zmetov - Andrei Aradoay, 21:20 dan so‘ng, Bahodir Jalolov - Tsonte Rogava, 22:30dan so‘ng.
Mavzuga oid

11:05 / 07.05.2025
Rossiyada mushkul ahvolda qolgan fuqarolar O‘zbekistonga qaytarildi

17:18 / 10.04.2025
Yekaterinburgda oilaviy zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan ayol va uning farzandlari O‘zbekistonga qaytarildi

13:08 / 06.01.2025
Yekaterinburgda terakt ishi bo‘yicha o‘smirlar hibsga olindi

13:27 / 31.12.2024