Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida zamonaviy biotexnologik majmua quriladi
O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasida “Inter Vet” MChJ (O‘zbekiston) va “Agrovet” AJ (Rossiya) o‘rtasida bio- va farmtexnologiyalar sohasida hamkorlik haqidagi Memorandum imzolandi.
Hujjat Toshkent viloyati hududida veterinar biologik va farmatsevtik vositalar ishlab chiqaruvchi qo‘shma korxona shaklidagi biotexnologik majmua qurishni ko‘zda tutadi.
Loyiha qiymati 10 mln dollarni tashkil qiladi. Kelishuvga ko‘ra, Rossiya tomoni loyihaning texnik-iqtisodiy asoslanganligi, majmuaning rejaviy yechimini ishlab chiqadi, texnologik va me'yoriy hujjatlarni taqdim qiladi. Bundan tashqari, yangi korxona xodimlari “Agrovet” bazasida o‘qitiladi. Yil oxirigacha qo‘shma korxonani ro‘xatdan o‘tkazish rejalashtirilmoqda, 2020 yil martigacha esa loyihaviy hujjat tayyorlanib, tegishli ruxsat beruvchi hujjatlar olinadi.
1991 yilda tashkil etilgan “Agrovet” kompaniyasi Rossiyaning veterinar biotexnologiya sohasidagi yetakchi ilmiy-ishlab chiqarish korxonalaridan biri hisoblanadi. Kompaniya dunyoning ko‘plab davlatlariga zamonaviy va yuqori sifatli veterinar vositalarni yetkazadi.
Mavzuga oid
20:37 / 26.05.2025
Toshkent viloyatida ichimlik va oqova suv xizmatlari narxi oshiriladi
18:52 / 21.05.2025
Toshkent viloyatida uyida yo‘lbars boqib kelgan shaxs aniqlandi
10:12 / 15.05.2025
Toshkent viloyatida 13 ta tarixiy yodgorlikka zarar yetkazildi
14:50 / 13.05.2025