Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sifati kafolatlanmagan biofaol qo‘shimchalarning noqonuniy aylanmasi to‘xtatib qolindi
Bojxona xodimlari yurtimiz hududiga sifati kafolatlanmagan mahsulotlarni noqonuniy olib o‘tishga bo‘lgan urinishlarga o‘z vaqtida chek qo‘yishmoqda.
Xususan, Jizzax viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorlikda Forish tumanining qo‘shni davlat bilan chegaradosh aylanma yo‘lda tezkor tadbir o‘tkazishdi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda
Tadbir davomida ushbu hududda qonunbuzar shaxslar tomonidan yurtimizga noqonuniy ravishda olib kirishga urinilgan xo‘jalik sumkalari xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilib, sanoqdan o‘tkazilganda umumiy qiymati 933 350 000 so‘mlik, 65 391 dona “Minoxidil” gel, “Montalin” va “Samyun Wan” nomli biofaol qo‘shimchalar borligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
08:40 / 28.05.2025
Chegaradan qariyb 40 kg zargarlik buyumlari noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘yildi
21:27 / 23.05.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston 4 ta chegara postida yuk avtomobillari harakatini yo‘lga qo‘ymoqchi
22:43 / 20.05.2025
DXX Qozog‘istondan olib kirilgan 1 mln dollarlik sintetik giyohvandlik vositalarini aniqladi
09:10 / 07.05.2025