Toshkentda noma'lum haydovchi nega mashinasini sirpantirib haydagani ma'lum qilindi
Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi tungi vaqtda Amir Temur xiyobonida noma'lum avto haydovchisi nega o‘z mashinasini tezlatib, sirpantirgani haqida rasmiy xabar berdi.
«Joriy yilning 13 va 14 sentabr kunlari soat taxminan 02:00 – 02:30 da Amir Temur xiyoboni atrofidagi aylana yo‘lda, xususiy ijodiy studiya tomonidan ekshn-lavha suratga olish ishlari olib borilgan», — deyiladi YHXB xabarida
Yo‘l harakati ishtirokchilarining xavfsizligini ta'minlash maqsadida, atrofdagi yo‘llar va piyodalar yo‘lakchalari poytaxt IIBB YHXB YPX va PPX xodimlari va ekipajlari tomonidan 10–15 daqiqaga berkitilgan.
Eslatib o‘tamiz, ilgariroq ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari qora tusli sportcha avtomobil haydovchisi Amir Temur xiyobonida o‘z mashinasini katta tezlikda boshqarib, asfaltda sirpantirgani tasvirlangan videorolik e'lon qilishgan edi. Buning uchun ko‘chalarda harakatni cheklab turgan IIO xodimlari sharoit yaratib berishgan.
Taxminlarga ko‘ra, bu jarayon rossiyalik taniqli bloger Erik Davidichning yangi videosi uchun uyushtirilgan.
Mavzuga oid
17:24 / 20.05.2022
Amir Temur xiyobonida kartoshka ekishini aytgan yigit va uning sherigi 15 sutkaga qamaldi
15:45 / 12.03.2022
Drift qimmatga tushdi: "Skver"da Porshe YTHga uchradi
12:55 / 14.07.2021
Yuzlab yoshlar rossiyalik bloger chaqirig‘i bilan Amir Temur xiyobonida to‘plandi
22:12 / 28.03.2021