Maqolaga munosabat: Binolarni onlayn-auksion savdosiga chiqarish tartibiga rioya qilinmagan - Samarqand viloyati «Agroservis MTP»
Saytimizda «Ishtixon mashina-traktor parkini onlayn auksionda yutib olgan g‘olib u yerga kira olmasdan sarson bo‘lmoqda» sarlavhasi ostida jurnalist Sh.Shokirjonovning jurnalistik surishtiruv maqolasi e'lon qilingan edi.
Ushbu maqolaga Samarqand viloyat «Agroservis MTP» MChJ direktori vazifasini bajaruvchi Olim Boysariyev imzosi bilan munosabat yuborildi.
«Kun.uz tahririyati tomonidan 2019 yil 20 avgust kuni 0097993 lot bilan «Elektron onlayn auksionlarni tashkil etish markazi» Davlat unitar korxonasi tomonidan savdoga chiqarilgan «Ishtixon Agroservis MTP va ISM» MChJ ga tegishli Ishtixon shahri, Ishtixon ko‘chasi, 84-uy manzilida joylashgan qurilish osti maydoni 8421.4 kv.m foydali maydoni 7950.69 kv.m bo‘lgan bino inshootlarni fuqaro Qodirov San'at 1 mlrd. 539 mln. 328 ming so‘mga xarid qilgan bo‘lsa-da, «Ishtixon Agroservis MTP va ISM» MChJga tegishli hududga kira olmayotgani haqida maqola e'lon qilingan.
Haqiqatdan ham, ATB «Turonbank» Samarqand filiali tomonidan Samarqand shahar iqtisodiy sudiga kiritilgan da'vo arizasi 2018 yil 27 sentabr kuni ko‘rib chiqilib, undiruv «Ishtixon Agroservis MTP va ISM» MChJga bino-inshootlarga qaratish haqida hal qiluvchi qarori chiqarilgani sababli, ushbu bino-inshootlar onlayn-auksion savdosiga chiqarilib, S.Qodirov tomonidan sotib olingan.
Biroq sud tomonidan undiruvni mazkur bino-inshootlarga qaratish yuzasidan chiqarilgan hal qiluv qaroridan norozi bo‘lganimiz sababli «Samarqand viloyati Agroservis MTP» MChJ tomonidan 2019 yil 30 avgust kuni Samarqand viloyat iqtisodiy sudiga kassatsiya shikoyati kiritilgan va shikoyat ko‘rib chiqish uchun qabul qilingan.
Ushbu kassatsiya shikoyatining kiritilishi — S.Qodirovning bino-inshootlarni sotib olganiga qarshilik ko‘rsatish uchun emas, balki bino-inshootlarni onlayn-auksion savdosiga chiqarish tartibiga rioya qilinmagani va sud tomonidan ushbu holatga xolisona huquqiy baho berilmasdan hal qiluv qarori qabul qilinganiga e'tiroz sifatida amalga oshirilgan», — deyiladi Samarqand viloyati «Agroservis MTP» MChJ direktori v.b. O.Boysariyevning xatida.
Mavzuga oid
01:13 / 21.11.2024
Belgiyalik rassomning «Yorug‘lik imperiyasi» turkumiga kiruvchi kartinasi 121,2 mln dollarga sotildi
11:38 / 13.11.2024
Toshkentda pulli "parkovka"lar tashkil etish uchun auksion o‘tkaziladi
18:43 / 16.08.2024
Toshkentda AQSh elchixonasi eski xizmat avtomobillari auksioni qoldirildi
11:29 / 14.08.2024