Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Norin daryosi orqali rezina qayiqda bioqo‘shimchalarni mamlakatga olib o‘tishga uringan shaxs qo‘lga olindi
Bojxonachilar mamlakatga sifati kafolatlanmagan mahsulotlarni noqonuniy olib kirish holatlariga o‘z vaqtida chek qo‘yishmoqda.

Xususan, Namangan viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idora vakillari bilan hamkorlikda Uchqo‘rg‘on tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Tadbir davomida fuqaro A.A qo‘shni mamlakatdan O‘zbekiston Respublikasiga noqonuniy ravishda Norin daryosi orqali rezina qayiq yordamida tegishli hujjatlari bo‘lmagan umumiy qiymati 70 million so‘mlik 234 dona bioqo‘shimcha mahsulotlarini olib o‘tayotganda to‘xtatib qolindi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
08:40 / 28.05.2025
Chegaradan qariyb 40 kg zargarlik buyumlari noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘yildi
21:27 / 23.05.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston 4 ta chegara postida yuk avtomobillari harakatini yo‘lga qo‘ymoqchi
22:43 / 20.05.2025
DXX Qozog‘istondan olib kirilgan 1 mln dollarlik sintetik giyohvandlik vositalarini aniqladi
09:10 / 07.05.2025