O‘zbekiston | 08:20 / 22.09.2019
62209
2 daqiqa o‘qiladi

Ikkinchi va uchinchi yo‘nalish uchun ham super-kontraktga ruxsat berildi

O‘qishga kirish uchun yetarli ball to‘play olmagan abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tish mobaynida tanlagan ikkinchi yoki uchinchi bakalavriat ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga ruxsat berildi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi ma'lumot berdi.

«Ko‘plab abituriyentlar va ularning ota-onalari murojaatlarini inobatga olib, oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat ta'lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun topshirgan test sinovlari natijasi bo‘yicha tanlovda ishtirok etib, talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlarga, ro‘yxatdan o‘tish mobaynida tanlagan ikkinchi yoki uchinchi bakalavriat ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga ruxsat berildi.

Bunda, oliy ta'lim muassasalari tomonidan talabalikka qabul qilish, tanlov bo‘yicha birinchi bakalavriat ta'lim yo‘nalishida e'lon kilingan test sinovlari natijalariga ko‘ra, abituriyentlarning to‘plagan ballini asos sifatida qabul qilib, murojaat etgan abituriyentlarning arizalariga muvofiq, to‘plagan ballari qat'iy ketma-ketligiga rioya etgan holda amalga oshiriladi», deyiladi vazirlik xabarida.

Mavzuga oid