O‘zbekiston | 09:03 / 25.09.2019
3856
2 daqiqa o‘qiladi

Fransiya kompaniyasi Toshkentdagi issiqlik ta'minoti bilan shug‘ullanishi mumkin

Foto: Moliya vazirligi axborot xizmati

Moliya vazirligida Fransiyaning Veolia Environment kompaniyasining Markaziy va Sharqiy Yevropa bo‘yicha vitse-prezidenti Malika Genduri boshchiligidagi delegatsiyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Davlat-xususiy sheriklik doirasida Toshkent shahridagi issiqlik ta'minoti tizimini boshqaruvga topshirish bo‘yicha loyiha konsepsiyasi - muhokamalarning asosiy mavzusi bo‘ldi. Loyiha shahar issiqlik ta'minoti tizimini xalqaro texnik va ekologik standartlar darajasida modernizatsiya qilish va rivojlantirish, shuningdek ishlab chiqarilgan va yetkazib berilgan energiya manbalarini hisobga olish uchun zamonaviy axborot tizimlarini joriy etishni ko‘zda tutadi.

Ma'lumot uchun: Veolia Environment - Parijda joylashgan ko‘p tarmoqli kompaniya hisoblanadi. Suv ta'minoti, kommunal xizmatlar, energiya va transport xizmatlari kabi faoliyat yo‘nalishiga ixtisoslashgan. Kompaniya 160 yildan ortiq sanoat tajribasiga ega bo‘lgan resurslarni boshqarish tizimini optimallashtirish sohasidagi yetakchilardan biridir.

Uchrashuv so‘ngida Veolia Environment kompaniyasi loyihaning texnik-iqtisodiy asosini o‘z ichiga olgan bitim konsepsiyasini ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi hamda Toshkent shahar hokimligiga taqdim etdi.

Mavzuga oid