Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
XTV «O‘qituvchi va murabbiylar kuni» bayrami bo‘yicha ota-onalarga murojaat bilan chiqdi
O‘zbekistonda keng nishonlanadigan 1 oktabr – “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” bayramiga sanoqli kunlar qoldi. Ayni paytda mamlakatda mazkur bayramni yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy ishlar olib borilmoqda.
Xalq ta'limi vazirligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur jarayonda ba'zi sinflarning qo‘mita vakillari “o‘ta faollik” ko‘rsatmoqda. Ya'ni, o‘qituvchilarni bayram bilan tabriklash maqsadida pul yig‘imlarini tashkil qilish natijasida ayrim ota-onalar noroziligini keltirib chiqarish holatlari uchramoqda.
Xalq ta'limi vazirligi 1 oktabr – “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” bayramida farzandlariga bilim va tarbiya berayotgan o‘qituvchilarni o‘z istak, imkoniyatlaridan kelib chiqib, tabriklayotgan ota-onalarga o‘z minnatdorchiligini bildirgan.
“Lekin o‘qituvchilarni tabriklash natijasida ota-onalar noroziligi kelib chiqishi kerak emas. Agarda kimning imkoniyati bo‘lmasa, boshqa faol ota-onalar tomonidan majburlash yoki ular nomidan umumiy sovg‘a qilish bahonasida majburiy pul yig‘ish noto‘g‘ri.
Xalq ta'limi vazirligi yuqoridagi holatlarni inobatga olgan holda ota-onalar noroziligi bilan undiriladigan barcha yig‘im turlariga chek qo‘yish kerakligini eslatib o‘tadi. O‘qituvchilarni xursand qilmoqchi bo‘lsak, bayramni haqiqiy ko‘tarinki ruhda nishonlaylik va hech kimni norozi bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaylik!” - deyiladi vazirlik murojaatnomasida.
Mavzuga oid
11:37 / 26.05.2025
Dehlida O‘zbekiston-Hindiston ta’lim forumi o‘tkazildi
17:17 / 22.05.2025
3 yoshli jiyanini 3 ta tilda gapirtirgan yigit: miya sirlarini o‘rganayotgan Jamshidbek hikoyasi
15:28 / 19.05.2025
Surxondaryoda 11 nafar o‘qituvchi 2 ming dollardan ko‘p maosh olayotgani aytildi. Prezident buni Britaniya bilan taqqosladi
18:16 / 15.05.2025