Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston-Marokash cavdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyasi tuziladi
2019 yilning 27 sentabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Marokash Podshohligi tashqi siyosat idoralari o‘rtasidagi maslahatlashuvlarning birinchi raundi bo‘lib o‘tdi.
Delegatsiyalarga O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Dilshod Axatov va Marokash Tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik bo‘yicha davlat kotibi Mounia Bousetta rahbarlik qildilar.
Avvalo, tomonlar vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarning yangi shakli umumiy kun tartibidagi barcha masalalarni muntazam ravishda muhokama qilish va hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlariga e'tibor qaratish imkonini berishiga ishonch bildirdilar.
Uchrashuvda ikki tomonlama va BMT, IHT va boshqa xalqaro tashkilotlar doirasidagi O‘zbekiston-Marokash munosabatlarining holati va istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Qayd etilganidek, hamkorlikning muhim masalalari, shu jumladan xalqaro maydondagi ikki davlat mavqeyi mos kelishi va o‘xshashligi siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, turizm, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi aloqalarni mustahkamlash va rivojlantirish uchun ishonchli asos bo‘ladi.
O‘zbekiston-Marokash munosabatlarini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish va ularga uzoq muddatli, keng qamrovli va tizimli tus berish uchun yuridik asos yaratish uchun shartnomaviy-huquqiy bazani mustahkamlash muhimligiga e'tibor qaratildi.
Shuningdek, maslahatlashuvlar chog‘ida hamkorlikning yangi institutlarini yaratish, jumladan, Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya tuzish hamda o‘zaro savdo hajmini oshirish, yetakchi Marokash kompaniyalarining O‘zbekiston hududida istiqbolli loyihalarni amalga oshirishga jalb qilish masalalari muhokama qilindi.
O‘zbekiston va Marokash ilmiy muassasalari o‘rtasida islomiy merosni o‘rganish sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi. Xususan, marokashlik mutaxassislarning Samarqand shahridagi Imom al-Buxoriy Xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Toshkent shahridagi Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyatida ishtirok etishdan tomonlar manfaatdorligi tasdiqlandi.
Muzokaralar yakunida ikki mamlakat tashqi siyosat idoralari o‘rtasida Maslahatlashuvlar va hamkorlik bo‘yicha bayonnoma hamda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti va Marokashning Diplomatiya akademiyasi o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi. Bular ikki tomonlama huquqiy bazada ilk hujjatlar bo‘ldi.
Mavzuga oid
18:15 / 28.10.2024
O‘zbekistonning Shveytsariyadagi yangi tayinlangan elchisi ish boshladi
21:35 / 09.10.2024
Sahroyi Kabirda kuchli yog‘ingarchilik - fotosuratlar
15:52 / 09.09.2024
Marokashdagi zilzilaga bir yil to‘ldi. Aholi hanuz chodirlarda yashab, hukumat va’da qilgan yordamni kutmoqda
19:12 / 24.08.2024