Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkmanistonda Mustaqillik kuni munosabati bilan harbiy parad bo‘lib o‘tdi (foto)
27 sentyabrda Turkmaniston poytaxti Ashxobodning markaziy maydonida mamlakat mustaqilligining 28 yilligi munosabati bilan harbiy parad bo‘lib o‘tdi.
Parad Turkmaniston mudofaa vaziri general-mayor Begench Gundogdiyevning Turkmaniston qurolli kuchlari oliy bosh qo‘mondoni – prezident Gurbanguli Berdimuhamedovga hisobot berishidan boshlangan.


Paradni boshlash haqida buyruq olingach mudofaa vaziri harbiy rasm-rusumga muvofiq paradni qabul qilgan.
Paradda Isroilda ishlab chiqarilgan og‘ir zirhli mashina COMBAT-2, dunyoning yetakchi kompaniyalarining jangovar kvadrosikllari, borish qiyin bo‘lgan joylar uchun mo‘ljallangan yengil desant avtomobillari va zamonaviy yo‘ltanlamaslari namoyish qilingan.
So‘ngra “Yevrokopter-145” vertolyotlari va Su-25 samolyotlari uchuvchilari o‘z mahoratlarini ko‘rsatishgan.


Turkmanistonda Mustaqillik kuni 2017 yilgacha 27 oktyabrda nishonlanib kelingan. 2018 yildan esa ushbu milliy bayram nishonlanishi 27 sentyabrga ko‘chirilgan.
Turkmanistonda 40 dan ko‘proq millat vakillari yashaydi. Aholining 78,6 foizini turkmanlar, 9,4 foizini o‘zbeklar, 3,2 foizini ruslar tashkil qiladi.
Mavzuga oid
14:25 / 08.05.2025
O‘zbekiston va Turkmaniston tovar ayirboshlash hajmini 2 mlrd dollarga yetkazishga kelishib oldi
18:43 / 07.05.2025
Qozog‘istonda G‘alabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan harbiy parad o‘tkazildi
17:26 / 29.04.2025
Turkmaniston prezidenti Ochilboy Ramatov bilan uchrashdi
18:14 / 24.04.2025