Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afrikalik diktator vorisining hashamatli mashinalari sotuvga qo‘yildi
Ekvatorial Gvineyaning prezidenti Teodor Obianga Ngema o‘g‘li va vitse-prezidenti Teodorin Obianga Ngemadan musodara qilingan 25 ta hashamatli avtomobil Shveytsariyada sotuvga qo‘yildi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi.
Auksionni olib boradigan Bonhams auksion uyining baholashicha, superkarlarning umumiy qiymati 18,7 mln dollarni tashkil qiladi.
Jyenevadagi golf-klubda namoyishga qo‘yilgan avtomobillar orasida 7 ta Ferrari, 3 ta Lamborghini, 5 ta Bentley, Maserati va McLaren avtomobili bor.
Ular orasidagi eng mashhur avtomobil Lamborghini Veneno Roadster bo‘lib, undan bor-yo‘g‘i 9 dona ishlab chiqarilgan. Bu mashina uchun 5 mln dollar olish ko‘zlanmoqda. Mashina kapotida Ngemaning ismi-sharifi bosh harflari tushirilgan.
Yana bir yirik lot Ferrari’ning cheklangan miqdorda chiqarilgan LaFerrari poyga superkari hisoblanadi.
Avtomobillar Shveytsariya sudi tomonidan 2016 yilda Ngemaga qarshi ish ochilgandan keyin musodara qilingan. 2019 yil fevralda Shveytsariya prokuraturasi avtomobillar musodara qilinishi evaziga Ekvatorial Gvineya prezidentining o‘g‘liga qo‘yilgan ayblovlarni bekor qilishini aytgan.
Mavzuga oid
16:12 / 31.03.2025
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni ijaraga berish tartibi o‘zgartirildi
16:42 / 07.02.2025
2024 yilda birjada sotilgan eng arzon va eng qimmat avtoraqamlar narxi ma’lum qilindi
19:33 / 05.02.2025
Oltin izlovchi 12 ta kompaniya Navoiydagi 31 ta oltin uchastkasini sotib oldi
16:29 / 04.02.2025