O‘zbekiston | 08:34 / 30.09.2019
16501
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston vakili BMT Bosh assambleyasi 74-sessiyasi raisi o‘rinbosari sifatida faoliyat boshladi

Foto: TIV axborot xizmati

2019 yilning 28 sentabr kuni Birlashgan millatlar tashkilotining Nyu-York shahridagi qarorgohida O‘zbekistonning doimiy vakili Baxtiyor Ibrohimov BMT Bosh assambleyasining 74-sessiyasi Umumiy munozaralar yalpi majlisida raislik qildi.

4 iyun kuni BMT Bosh assambleyasi 73-sessiyasida O‘zbekiston ilk bor sessiya raisi o‘rinbosari lavozimiga saylangan va mazkur vazifada 74-sessiya yakunlanadigan 2020 yilning sentabr oyigacha faoliyat yuritadi.

O‘zbekistonning BMT Bosh assambleyasining 74-sessiyasi raisi o‘rinbosari lavozimiga saylanishi mamlakatning turli sohalardagi, jumladan Bosh assambleya tomonidan Markaziy Osiyo bo‘yicha hamda ma'rifat va diniy bag‘rikenglik bo‘yicha tarixiy qarorlar qabul qilinishi, BMT shafeligida Orolbo‘yi uchun ko‘psheriklikdagi Trast fond tashkil qilinishi bo‘yicha sa'y-harakatlarining xalqaro miqyosda tan olinishidan darak beradi, deyiladi TIV xabarida.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid