O‘zbekiston | 15:37 / 02.10.2019
5194
4 daqiqa o‘qiladi

Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish, import qilish va ularning realizatsiyasi monitoringini amalga oshirish tartibi tasdiqlandi

Foto: Getty Images

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish, import qilish va ularning realizatsiyasi monitoringini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Tartibga ko‘ra, quyidagilar idoralararo axborot almashinuvi vositasi orqali:

a) O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki qimmatbaho metallar sotib olgan tadbirkorlik sub'yektlari to‘g‘risida;

b) O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasi:

qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan zargarlik buyumlari ishlab chiqarishga litsenziya;

qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan ishlashga ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasini olgan tadbirkorlik sub'yektlari to‘g‘risida;

v) O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi respublika hududiga olib kirilgan va “erkin muomalaga chiqarish (import)” bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan zargarlik buyumlari (TIF TN pozitsiyasi 7113- 7116), qimmatbaho metall va toshlar (TIF TN pozitsiyasi 7101-7112) to‘g‘risida;

g) O‘zbekiston Respublika tovar xomashyo birjasi birja savdolari orqali qimmatbaho metallarni sotib olgan tadbirkorlik sub'yektlari to‘g‘risida;

d) “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi va “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati qimmatbaho  

metallar sotib olgan tadbirkorlik sub'yektlari to‘g‘risidagi ma'lumotlarni real vaqt rejimida O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga taqdim etib boradi.

Kelib tushgan hamda mavjud boshqa axborotlar asosida Davlat soliq qo‘mitasida zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish, import va realizatsiya qilish faoliyati bilan shug‘ullanadigan tadbirkorlik sub'yektlari to‘g‘risida ma'lumotlar bazasi shakllantiriladi.

Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan shakllantirilgan ma'lumotlarni tadbirkorlik sub'yektlarining davlat soliq xizmati organlariga topshirgan xisobotlari, shuningdek, qonun hujjatlariga muvofiq soliq to‘lovchilarning majburiyatlari paydo bo‘lishi (tugatilishi) to‘g‘risida ma'lumot taqdim etadigan tashkilotlardan olingan ma'lumotlar bilan solishtirish orqali kameral nazoratdan o‘tkaziladi.

Kameral nazorat natijasiga ko‘ra tafovutlar mavjudligi aniqlansa, soliq to‘lovchiga uning hisobotlariga tegishli tuzatishlar kiritish hamda kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan belgilangan tartibda talabnoma yuboriladi.

Kameral nazorat natijalari bo‘yicha soliq to‘lovchi tomonidan taqdim etilgan axborotning ishonchliligini tasdiqlash lozim deb topilgan hollarda, belgilangan tartibda mavzuli ekspress-o‘rganish amalga oshiriladi.

Kameral nazorat va (yoki) mavzuli ekspress-o‘rganish, shuningdek, o‘tkazilgan tekshirishlar natijasiga ko‘ra tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan asillik darajasini belgilash yoki tamg‘alashning belgilangan tartibini buzish, shuningdek, kirim qilinmagan zargarlik buyumlarini sotish holatlari aniqlangan taqdirda, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda soliqlar va boshqa to‘lovlarni hisoblash va belgilangan tartibda javobgarlikka tortish choralari ko‘riladi.

Tadbirkorlik sub'yektlarining faoliyatida jinoyat alomatlari mavjud deb topilgan hollarda, materiallar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuboriladi.

Mavzuga oid