Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yerga qaytuvchi «Soyuz MS-12» ekipaji ularni shaftoli va xurmo bilan kutib olishni so‘radi
Yerga 3 oktyabrda qaytadigan «Soyuz MS-12» ekipaji Markaziy harbiy okrugning qidiruv-qutqaruv guruhi harbiylaridan ularni shaftoli va xurmo bilan kutib olishni so‘radi.
«BAAlik birinchi astronavt Hazza al-Mansuriy xurmo, rossiyalik kosmonavt Aleksey Ovchinin esa shaftoli so‘radi. Sovg‘alar an'anaviy ravishda qo‘nish joyiga birinchi bo‘lib yetib boradigan barcha Mi-8 vertolyotlari bortiga joylashtirilgan», deyilgan xabarda.
Ta'kidlanishicha, qo‘nishni ta'minlashga 12 ta Mi-8 vertolyoti, 4 ta An-12 va bitta An-26 samolyoti, 20 dona avtomobil va maxsus texnika, shu jumladan 4 ta amfibiya-mashina hamda asosiy tarkibning 180 ga yaqin xodimi jalb qilingan.
«Soyuz MS-12» kosmik kemasida 3 oktyabrda rossiyalik fazogir Aleksey Ovchinin, amerikalik astronavt Nik Xeyg va BAAning ilk astronavti Hazza al-Mansuriy Yerga qaytadi.
Mavzuga oid
19:18 / 25.09.2024
Qozog‘istonda O‘zbekistondan keltirilgan 2,5 tonna shaftolida zararkunanda aniqlandi
22:17 / 10.09.2024
Buyuk Britaniya yadroviy halokat yuz bergan Fukusimada yetishtirilgan shaftolilar savdosini boshladi
11:33 / 23.09.2022
O‘zbekiston Rossiyaga 63 ming tonna shaftoli yetkazib berdi
10:26 / 17.08.2022