Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaman bilan o‘yinga chiptalar chiqarildi. Bir kishi 5 donadan ko‘p chipta sotib ololmaydi
JCh-2022 saralashidan o‘rin olgan O‘zbekiston — Yaman o‘yini uchun chiptalar sotuvga chiqarildi. Bu haqda O‘FA rasmiy sayti yozmoqda.
Manbada aytilishicha, muxlislarga qulaylik yaratish va chiptalar olib-sotarlarning qo‘liga chiqib ketishining oldini olish maqsadida chiptalarni iticket.uz saytida sotish tashkil qilingan. Yamanga qarshi o‘yinga chiptalar savdosini to‘liq iticket.uz sayti olib boradi.
O‘zbekiston — Yaman o‘yini uchun chiqarilgan chiptalarni iticket.uz saytida, shuningdek, «Humo arena», «Samarqand darvoza» va «Compass» savdo majmualarida xarid qilish mumkin.
Chiptalar uch xil toifada chiqarilgan:
1-toifa: 35 ming so‘m;
2-toifa: 25 ming so‘m;
SIP: 75 ming so‘m.
Bir kishi ko‘pi bilan 5 dona chipta sotib olishi mumkin.
O‘zbekiston hamda Yaman milliy jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 10 oktabr kuni soat 17:00 da Toshkentdagi «Paxtakor» stadionida o‘tkaziladi.
Mavzuga oid
18:34 / 26.05.2025
O‘zbekiston terma jamoasining tarixiy uchrashuvi 9 qavatli bino balandligida katta ekranda namoyish etiladi
15:41 / 15.05.2025
Isroil armiyasi yana Yaman portlarini evakuatsiya qilishga chaqirdi
20:17 / 09.05.2025
AQSh Yamandagi hujumlariga 1 mlrd dollardan ortiq mablag‘ sarfladi
18:47 / 07.05.2025